XARID HUJJATLARI
“Suvchilar maktabi" MCHJ tomonidan Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan "Suvchilar maktabi" uchun 15 ga xududda tajriba dala ma…2-bosqich obʼyekti.
I. TANLOV ISHTIROKCHILARI UCHUN YO'RIQNOMA
§ 1 Umumiy qoidalar
1. Ta'mirlash ishlari uchun eng yaxshi taklifni tanlash.
2. Tanlovning boshlang'ich (yuqori) qiymati: 543 298 514 so'mni tashkil etadi (QQS bilan).
3. Tanlov uchun asos buyruq hisoblanadi.
4. Takliflarda ko'rsatilgan narxlar boshlang'ich narxdan oshmasligi kerak.
5. Xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha texnik topshiriqlar tanlov hujjatlarining texnik qismida keltirilgan.
§ 2 Eng yaxshi takliflarni tanlash tashkilotchisi
1. “Suvchilar maktabi” MCHJ – keyingi o‘rinlarda “Buyurtmachi” deb yuritiladi.
Buyurtmachi Manzili: Toshkent shahar. Hamid Olimjon MFY, Kori Niyoziy ko‘chasi 39-uy
"Buyurtmachi" tafsilotlari : MFO: 00 394, STIR: 310 551 418, Х/R: 2020 8000 3056 6014 3001
ATB Agro bank Toshkent sh. filiali
2. Aloqa markazi:
Tel.: 1319
3. Tanlov uchun javobgar
“Suvchilar maktabi” MCHJ xarid komissiyasi
4. Shartnoma egasi: “Suvchilar maktabi” MCHJ
5. Tanlov Buyurtmachi tomonidan tuzilgan, kamida besh kishidan iborat xarid komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
§ 3 Tanlov ishtirokchilari:
Tanlovda qurilish-ta’mirlash ishlari sohasida tajribaga ega va quyidagi mezonlarga javob beradigan xorijiy va mahalliy firma va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin:
- shartnomani bajarish uchun zarur texnik, moliyaviy, moddiy, insoniy va boshqa resurslarning mavjudligi;
- shartnoma tuzish vakolati;
- soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha qarzlarining yo‘qligi;
- ularga nisbatan joriy etilgan bankrotlik tartib-taomillarining mavjud emasligi;
- vijdonsiz ijrochilarning yagona reestrida ular to‘g‘risida yozuvning yo‘qligi;
Agar yuqoridagi shartlar bajarilmasa, tashkilot tanlovdan chetlashtiriladi.
§ 4 Eng yaxshi taklifni elektron tanlash tili
Taklif va hujjatlar o‘zbek yoki rus tillarida bo‘lishi mumkin.
§ 5 Majburiy hujjatlarni taqdim etish
Tanlov ishtirokchisi tanlov taklifi bilan bir vaqtda tanlov takliflarini qabul qilish muddati tugagunga qadar quyidagi materiallarni taqdim etishi shart:
- Tanlov ishtirokchisining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
- Tanlov ishtirokchisi qayta tashkil etish, tugatish, bankrotlik holatida emasligini tasdiqlovchi kafolat xati (muhrlangav va imzolangan);
- Narxlangan tijorat taklifi.
- Soliqdan qarzdorligi y o‘qligi to‘g‘risidagi ma`lumotnoma.
- Kartoteka qarzdorligi y o‘qligi to‘g‘risidagi bankdan ma`lumotnoma.
§ 6 Baholash tartibi va mezonlari
Taqdim etilgan ma’lumotlar va mezonlar asosida shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartni taklif qilgan ishtirokchi g‘olib hisoblanadi. Eng yaxshi taklifni tanlashda ishtirokchi xarid hujjatlari qoidalariga tushuntirish olish huquqiga ega. Tanlovda bitta ishtirokchi qatnashgan yoki hech kim qatnashmagan bo'lsa, tanlov haqiqiy emas deb topilishi mumkin. G'olib aniqlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida yozma xabar yuboriladi va g'olib e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida shartnoma tuzilishi kerak.
§ 7 Umumiy shartlar
1. Tanlov taklifida ko'rsatilgan narxlar boshlang'ich (chegara) qiymatidan oshmasligi kerak va keyinchalik o'zgartirilishi mumkin emas.
2. Tanlov taklifida ko'rsatilgan narxlar boshlang'ich (chegara) qiymatidan 10% dan ko'p tushushi mumkin emas
3. Ishtirokchi tanlov taklifida QQSni hisobga olgan holda ham, QQSsiz ham narxlarni ko'rsatishi shart.
4. Moliyalashtirish manbai - O'z mablag'lari
5. Moliyalashtirish shartlari – 30% oldindan toʻlov, 65% bajarilganligi toʻgʻrisidagi hisob-faktura imzolangandan soʻng, 5% kafolat muddati tugagandan soʻng toʻlanadi.
6. To‘lov valyutasi – O‘zbekiston Respublikasining so‘m valyutasi (so‘m)
7. Tanlov taklifining amal qilish muddati 30 kun
8. Xizmat ko'rsatish muddati – 30 kun
9. Lotlar soni - 1 ta
Malakaviy mezonlari
Baholash usuli - ball
Baholash mezonlari
Ma'lumotni tasdiqlash uchun quyidagilarni taqdim eting:
Baho
Mezon № 1
Qurilish va ta'mirlash loyihalarida ishlash tajribasi
Oxirgi 3 yildagi ob'ektlar ro'yxati va shartnomalar nusxalarini taqdim eting.
5 ta va ko`proq bor - 20 ball
4 ta bor - 16 ball
3 ta bor - 12 ball
2 ta bor - 8 ball
1 ta bor - 4 ball
Mezon № 2
Ishbilarmonlik obro'si
Tavsiya maktublari
5 ta va ko`proq bor - 20 ball
4 ta bor - 16 ball
3 ta bor - 12 ball
2 ta bor - 8 ball
1 ta bor - 4 ball
Mezon № 3
Malakali muhandislarning mavjudligi
Diplomlar va mehnat daftarchalarining nusxalarini yoki xodimlarning onlayn ma'lumotlar bazasidan ko'chirmalarni taqdim eting. (ishlab chiqarish muhandisi, usta va boshqalar)
5 ta va ko`proq bor - 20 ball
4 ta bor - 16 ball
3 ta bor - 12 ball
2 ta bor - 8 ball
1 ta bor - 4 ball
Mezon № 4
Tijorat taklifining narxi
Tijorat taklifining (Smeta)
Eng arzon – 40 ball
2 arzon narx - 30 ball
3 arzon narx - 20 ball
4 va qolgan arzon narxlar - 10 ball