XAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

XAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA


Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Latviyada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdan tortib, istemolgacha bo‘lgan jarayonlar qamrob olingan tizim yaratilgan.

Ayni damda mamlakatda mehmon bo‘lib turgan SamDVMCHBU vakillari professor Elmurodov hamda dotsent Ishniyazovalar ana shu jarayonlar bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldilar.

Tashrif davomida "Примавега" kompaniyasi, Краков Қишлоқ хўжалик Университети, "Green Grops" kompaniyasi, shuningdek Ольштейн Университети vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va mamlakat iqtisodiyotida salmoqli o‘rin egallagan mazkur kompaniyalar va oliy ta’lim muassasalari bilan kelgusi hamkorliklar borasida kelishuvga erishildi.

Bu kelishuvlar professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligi hamda talabalarni ish haqi to‘lanadigan malakaviy amaliyotlarni tashkil etishni nazarda tutadi.

Uchrashuvlar davomida vakillarimiz Talabalar turar joylari, dala amaliyoti hududlari, mahsulotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash korxonalari, biotexnologiya laboratoriyalari uyg‘unlashgan klaster tizimi bilan yaqindan tanishdilar.


🏛 Axborot xizmati

Report Page