XALQPARVAR KOMISSIYASI TOMONIDAN QURILISH OBYEKTLARI O'RGANILMOQDA

XALQPARVAR KOMISSIYASI TOMONIDAN QURILISH OBYEKTLARI O'RGANILMOQDA

Muzrabot tumani hokimligi axborot xizmati

Bugun 16 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2021 yil 15-mart kunidagi KQ-203-IY-sonli “Uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirishga doir ustivor vazifalarining amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish to’g’risida”gi qarorining ijrosini ta’minlash borasida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiya raisi, tuman Kengashi deputati T. Tangirov boshchiligida, komissiya a’zolari ishtirokida tuman markazidagi Yangi hayot mahallasi hududida “Asatullaev Firdavs” x/k tomonidan qurilayotgan qiymati 4 570 403 214 so’mlik ko’p qavqatli uy-joylar qurulishi hamda “Chiroy Muzrabot qurilish” x/k tomonidan tuman markazidagi “Amir Temur” ko’chasidagi piyodalar yo’lagi va velosiped yo’lagi qurilishi holatlarini manzilli o’rganishdi. 


Qurilishda yetarli miqdorda texnika, odam kuchlari, qurilish materiallari bilan to’liq ta’minlanganligi, ish sifatlari to’liq talabga javob berishi aniqlandi.

Ishchilar uchun ishlash va dam olishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan. Shu bilan birga qurilishda ba’zi muammolar mavjudligi aniqlanib, muammolarni ijobiy hal etish va ijobiy yechim topish borasida “Xalqparvar”komissiya nazorati o’rnatildi.

Xalqparvar komissiyasining navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi. Yig’ilishda qurilish ob’ektlarida aniqlangan kamchiliklar va muammoli holatlarni bartaraf etish bo’yicha tuman Kengashiga takliflar berish belgilab olindi.



Report Page