XALQARO TALABALAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

XALQARO TALABALAR KUNI MUBORAK BO‘LSIN!


Talabalik baxtini faqat talaba bo‘lgan kishigina yurakdan his qila oladi.

Necha yoshga kirmaylik, umrimizning eng go‘zal, bebaho davrini entikib eslaymiz!

O‘sha davrga qaytgimiz keladi.

Hayajonli, shirin tashvishli davrlar!

Bizlar "imtihon, shpargalka, zachyot, otrabotka, NB" kabi so‘zlar mohiyatini yaxshi anglardik, bular talabalarning yoqimli boshog‘riqlari edi...

Bugun esa, XEMIS, platforma, reyting, kredit kabi atamalar talabalar hayotini bezay boshladi...

Har bir davrning o‘ziga xos mashaqqatlari bor, albatta. O‘sha mashaqqatlarni yengib o‘tgan, o‘z kasbining chinakam mutaxassisi bo‘lgan kishi esa, hayotda hecham qoqilmaydi, maqsadlariga erishadi.

Voyaga yetib shaxs sifatida shakllangan Inson talabalik baxti nasib qilgach, yoshlik umrining gultoji ekanini anglagan holda, har bir kun, vaqtning qadriga yetib, undan samarali foydalanishi sabab bu davr oltin davr hisoblanadi.


Ta’kidlash joizki, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

SamDVMCHBU da ayni kunda ana shu baxt nasib qilgan 6000 nafarga yaqin yigit - qizlar tahsil olishmoqda. Ular mamlakatimizning turli hududlaridan, qolaversa, horijlik talabalarimiz ham bor.

Ular bilan uchrashganimda, doim oltin davringizdan unumli foydalaning, kelgusi hayotingizning poydevorini hozirdan boshlang, deyman.

Talabalarning erishayotgan yutuqlari, ulkan marralarni zabt etishga bo‘lgan ishtiyoqini ko‘rib, juda xursand bo‘laman. 


Bugun mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar zamirida Davlatimiz rahbarining yosh avlod taqdiriga befarq emasligi, ularga har doim motivatsiya bag‘ishlab, qo‘llab-quvvatlashi kabi yuksak e’tibor mujassam. Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan minglab talaba-yoshlar bizning ertangi kunimizni hamda istiqbolimizni belgilab beruvchi muhim kuchdir.

Siz buni unutmang!

O‘zbekiston kelajagini Siz belgilaysiz!

17 noyabr - Xalqaro Talabalar kuni - bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz talaba - yoshlar!


Hurmat bilan,

Xudaynazar Yunusov

Biologiya fanlari doktori, professor,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador,

SamDVMCHBU rektori

Report Page