“XALQARO OZON QATLAMINI HIMOYA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIR O'TKAZILDI

“XALQARO OZON QATLAMINI HIMOYA QILISH KUNI” MUNOSABATI BILAN TADBIR O'TKAZILDI



"16-sentabr-xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni" munosabati bilan viloyat tabiiy fan metodistlari va fizika fani o'qituvchilari ishtirokida Urganch shahar 5-son umumiy o'rta ta'lim maktabida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. 

Viloyat ekologiya qo'mitasidan ham mutaxassislar qatnashdilar. Tadbirda maktab kimyo, biologiya, fizika va geografiya fani o'qituvchilari tomonidan "Ozon qatlamining hayotimizdagi ahamiyati" mavzusida ochiq darslar, o'quvchilar ishtirokida "Tabiatni asrang" mavzusida rasmlar galeriyasi tashkil qilindi.

Barcha shahar, tumanlardan tashrif buyurgan o'qituvchilar ochiq darslarni kuzatishdi, o'quvchilar bilan chizgan rasmlari haqida suhbatlashildi. Tadbir so'ngida ishtirokchilar o'quvchilar bilan birgalikda "Ekologiyani yaxshilashga hissa qo'shaylik" shiori ostida "Yashillikka burkansin olam" aksiyasini o'tkazishdi. Bunda xona gullarini ko'paytirish maqsadida gul o'tkazish jarayonlarida ishtirok qilishdi.

Bugun 16-sentabr targ'ibot tadbirining mavzuyi davomi sifatida viloyatning barcha umumta'lim maktablarida tabiiy fan o'qituvchilari tomonidan "Ozon qatlamining hayotimizdagi ahamiyati" mavzusida ochiq darslar bo'lib o'tmoqda.


Report Page