XALQARO KO‘RGAZMALAR  SAMARALI  ISHBILARMONLIK PLATFORMASI

XALQARO KO‘RGAZMALAR  SAMARALI  ISHBILARMONLIK PLATFORMASI


Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi  “O‘zekspomarkaz”da “AgroExpo Uzbekistan – 2023” hamda  “O‘zbekiston Agrotechmash Expo–2023”  ko’rgazmalari  bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu xalqaro ko‘rgazmada  Qishloq xo‘jaligi vazirligi  vakillari, agrar sohada faoliat olib borayotgan  tadbirkorlar  va yirik ishlab chiqaruvchi kompaniyalar rahbarlari  ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar  mamlakatimiz  qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish turlarini yanada kengaytirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy yetish, oziq-ovqat bozorini to‘ldirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarning amalga oshirilishida bu kabi xalqaro tadbirlar qishloq xo‘jaligi vakillari uchun samarali ishbilarmonlik platformasi bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.

Ko‘rgazma pavilyonlarida agrosanoat sohasi uchun keng turdagi asbob-uskunalar va mexanizmlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash uskunalari, modernizatsiya qilingan issiqxonalar, sovutish uskunalari, fermer xo‘jaliklari uchun jihozlar namoyish etilmoqda. 

E’tiborlisi, joriy  yil ko‘rgazmada Germaniya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Italiya, Fransiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 170 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuining zamonaviy texnologiyalari, mahsulotlari, uskunalari va yangiliklarini namoyish etishmoqda. Shuningdek, eksponatlarning qariyb 80 foizini xorijiy kompaniyalarning mahsulotlari tashkil etmoqda.

Ta’kidlash joizki, ko‘rgazma  davomida tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilarga qishloq xo‘jaligi sanoatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek,  tematik bo‘limlar bo‘yicha xorijiy kompaniyalarning seminarlari va taqdimotlari  ham o‘tkazilmoqda.

Ko‘rgazmalar joriy yil 1-dekabr kunigacha o‘z ishini davom ettiradi.



Report Page