XALQARO KARYERA TADBIRI “TALENTforBIZ” TOSHKENTDA!

XALQARO KARYERA TADBIRI “TALENTforBIZ” TOSHKENTDA!


Hurmatli Yosh Iqtidor Egalari,

Turkiyaning eng yirik global brendlari siz kabi yosh iste'dodlar bilan birlashadigan TALENTforBIZ haqida e’lon qilishdan mamnunmiz. Tadbir 2024-yil 19-oktabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Bu sizning Aselsan, Chalık Holding, Halkbank, Kontrolmatik Technologies, Turkish Airlines va Turkish Aerospace kabi soha yetakchilari bilan uchrashish va qiziqarli karyera imkoniyatlari bilan tanishish imkoniyatingizdir. Shuningdek, siz tadbir davomida o'tkaziladigan seminarlar, amaliy tadqiqotlar va ish/stajirovka suhbatlari orqali professional darajada o'sishingiz mumkin.

Tajribali menejerlar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lanish va bo'sh ish o'rinlarini o'rganish uchun talentforbiz.org orqali ro'yxatdan o'ting va bugun arizangizni yuboring.

Ishtirokchi korxonalar va tadbir dasturi haqida batafsil ma'lumot olish uchun veb-saytimizga tashrif buyuring va yangiliklardan bohabar bo`lish uchun bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

• Tadbir tafsilotlari, ishtirokchi ish beruvchilar va roʻyxatdan oʻtish: https://talentforbiz.org

• Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: @talentforbiz

Sizni u yerda kutib qolamiz!




Report Page