XALQARO HAMKORLIKLAR YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA!

XALQARO HAMKORLIKLAR YANADA MUSTAHKAMLANMOQDA!


Bugun, 18 aprel' kuni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining binosida, Angliya va Uel's Yuridik Jamiyati vakillari Debra Long hamda Triona Lenihanlar bilan yurtimizda so‘nggi yillarda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish va kelgusida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan sohalar bilan tanishish maqsadida Uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Uchrashuvda Palata tomonidan Advokatlar palatasining raisi Shuxrat Sadikov va Xalqaro ishlar bo‘yicha raisning maslahatchisi Shaxzod Yusupov, Angliya va Uel's Yuridik Jamiyati tomonidan Debra Long hamda Triona Lenihanlar ishtirok etdilar.

Bugungi Uchrashuvning maqsadi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasida Angliya va Uel's Yuridik Jamiyati vakillari yurtimizda so‘nggi yillarda advokatura sohasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish va kelgusida hamkorlik rishtalarini mustahkamlash va advokatura sohani yaqindan o‘rganishdan iborat edi. Bundan tashqari tomonlar O‘zbekiston advokaturasi to‘g‘risida qiziqtirgan savollariga Palata raisi tomonidan javoblar oldilar.

Advokatlar palatasi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Report Page