XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGAShINING NAVBATDAGI 65-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sessiya majlisini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi R.Shamuratov boshqarib bordi.
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha ma’ruzachilar chiqishidan keyin deputatlar va sessiya qatnashchilari tomonidan mavzu bo‘yicha savollar, mulohazalar bildirildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining oltmish beshinchi sessiyasi kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqildi va bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qaror loyihalari tasdiqlandi.