XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMANI KENGASHINING YETMISH BIRINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ TUMANI KENGASHINING YETMISH BIRINCHI SESSIYASI KUN TARTIBI


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Djurayev hamda Invistitsiya va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Xolmurodovning hisobotlari to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimining o‘rinbosari – B.Xolmurodov.

2. Termiz tumani saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida.

 Ma’ruzachi: Odob-axloq bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi – M.Egamberdiyeva.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-3182-sonli va 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4102-sonli qarorlariga asosan biriktirilgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2024-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman sektor rahbarlarining hisobotlari to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman sektor rahbarlari.

4. O‘zbekiston Respublikasining “Prokuratura to‘g‘risida”gi 2001-yil 29- avgust kunidagi Qonuniga asosan, qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Termiz tuman prokurorining hisoboti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Termiz tumani prokurori – A.Xalikov.

5. O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi 2016- yil 16-sentabr kunidagi Qonuniga asosan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i – O‘.Mustafoqulov.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining tumandagi hokim yordamchilari tomonidan iyun oyida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i – Y.Davlyatov.

7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019-yil 17- yanvardagi PF-5633-sonli farmonining tumandagi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining axboroti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri – A.Normatov.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-39- sonli qarorining Termiz tumanidagi ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Sh.Qalandarov.

9. Termiz tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati hamda ijro intizomiga amal qilinishining ahvoli haqida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Sh.Qalandarov.

10. Termiz tumani Majburiy ijro byurosining 2024-yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Termiz tumani bo‘limi - O.Sadatov

 11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 20-fevraldagi “Xalq deputatlari tuman Kengashida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida”gi KQ-687-son qarori ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida.

Ma’ruzachi: Odob-axloq masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi – M.Egamberdiyeva

12. “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid yil dasturining Termiz tumanidagi ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimining 1-o‘rinbosari – Sh.Qalandarov

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 14-dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 55-sonli bayonining 44-bandi ijrosini Termiz tumanidagi ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman hokimining 1-o‘rinbosari – Sh.Qalandarov

14. 2024-yil 2-chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi mudiri S.Jumayev

15. Termiz tuman Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Termiz tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i – B.Ashurov

16. Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2024-yilning 6 oyi davomidagi faoliyati to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri – A.Avliyakulov

17. Termiz tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan 2024-yil birinchi yarim yillik mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Termiz tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i – Sh.Davlyatov

18. Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berishining tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri – A.Avliyakulov

19. Termiz tuman mahalliy budjetining 2024-yilda tuman budjeti parametrlarida budjet taqsimlovchilariga ajratilgan mablag‘lar doirasida xarajatlarni maqbullashtirish to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri – A.Avliyakulov    

20. Termiz tuman mahalliy budjetining 2024-yil II chorak ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – S.Jumayev 

21. Termiz tumani mahalliy budjetining 2024-yilning II chorak yakuniga ko‘ra daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i – S.Jumayev

22. Boshqa masalalar.


Xalq deputatlari tuman Kengashining yetmish birinchi sessiyasi ish reglamenti

Ma’ruzalar uchun                          10-15 daqiqagacha

So‘zga chiquvchilar uchun              3 daqiqagacha

Ma’lumotlar uchun                         3 daqiqagacha

Report Page