XALQ DEPUTATLARI OLMALIQ SHAHAR KENGASHINING 98-SESSIYASI TO'G'RISIDA AXBOROT

XALQ DEPUTATLARI OLMALIQ SHAHAR KENGASHINING 98-SESSIYASI TO'G'RISIDA AXBOROT

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi 98-sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya kun tartibida quyidagi ja'mi 3 ta masala ko'rib chiqildi:

Deputatlar birinchi masalada Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashidagi deputatlik o'rinlari sonini belgilash to'g'risidagi masalani ko’rib chiqdilar. Kengash deputatlari navbatdagi chaqiriqdan boshlab Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari sonini 25 ta etib belgilash haqida qaror qabul qildilar. (Hozirgi kunda 30 ta o’rinda 26 nafar deputat ishlamoqda). Deputatlik o'rinlari sonini 25 ta etib belgilanishida O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi talablariga rioya etildi.

Ikkinchi masalada esa Xalq deputatlari shahar Kengashiga saylov o'tkazuvchi Olmaliq shahar saylov komissiyasi a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to'g'risidagi masalani ko'rib chiqdilar. Unga asosan amaldagi shahar saylov komissiyasi vakolat muddati tugaganligi munosabati bilan ularning ish faoliyati yakunlandi. Sessiya qarori bilan deputatlar yangi saylov komissiyasi tarkibiga nomzodlarni hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etish bo'yicha qaror qabul qildilar. Olmaliq shahar saylov komissiyasi tarkibiga ja’mi 15 nafar a'zolikka nomzodlar tavsiya etildi. Mazkur tarkib hududiy saylov komissiyasi  qarori bilan tasdiqlangach rasman ish faoliyatini boshlaydi.


Shuningdek, deputatlarimiz “Mening bog'im” loyihasi doirasida g'olib loyiha uchun “Ibn Sino” mahallasi binosi yonidan 0.25 ga. (25 sotix) qarovsiz yerda yashil jamoat parki tashkil etishni ma’qulladilar. Endi bu hududda yangi yashil hudud barpo etish uchun mablag' ajratiladi. Ushbu hududning sug'orish tizimi ham inobatga olingan.

Kengashning sessiyasi barcha reglament talabalari doirasida, shaffof va ochiqlik asosida o’tkazildi. Sessiya ishi ijtimoiy tarmoqlar orqali onlayn yoritib borildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati


Report Page