XABARLAR

XABARLAR

XABARLAR

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hisob palatasiga ishga o‘tkazildi

Prezident farmoniga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahodir To‘xtamishovich Turobov Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bahodir Turobov 1972-yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 1994-yili Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi, 2000-yili Bank-moliya akademiyasini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

U 2011-yildan 2015-yilgacha Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i, Bosh boshqarma boshlig‘i sifatida mehnat qilgan. 2015-yildan 2017-yilgacha “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 2017-yildan 2018-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bosh inspektori, sho‘ba mudiri sifatida samarali mehnat qilgan.

2018-yil dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Bundan oldin, Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Olimxon Rustamov iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani haqda xabar berilgan edi.

Report Page