XABARLAR

XABARLAR

XABARLAR

Endilikda ipoteka krediti 60 yoshgacha beriladi.

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligi rasmiy telegram kanalida xabar berilmoqda.

Endilikda, yakka tartibda va qishloq joylarda namunaviy qurilgan arzon uy-joylar uchun ipoteka kreditlari 2 yillik (2020-yil 1-yanvardan 1 yillik) imtiyozli davr bilan 20 yil (hozirgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha) muddatga beriladi.

Shuningdek, oʻlchami 0,02 ga boʻlgan yerda joylashgan bir qavatli 3 xonali arzon uylar va 4 qavatli arzon koʻp kvartirali (2 va 3 xonali) uylar arzon uy-joy hisoblanadi.

Ipoteka krediti miqdori arzon uy-joy qiymatining 90 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

Bundan tashqari, ipoteka krediti 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi (hozirga qadar bunday kredit olish uchun yuqori yosh chegarasi belgilanmagan.

Report Page