XABARLAR

XABARLAR

XABARLAR

Mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi qachondan amal qiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga olish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatga olish tizimi joriy etilmoqda.

2019-yil 1-apreldan O‘zbekiston GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ishga tushirilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentyabrdagi “Oֲ‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan GSM standartidagi mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish tartibi tasdiqlandi.

Ushbu tizim quyidagi maqsadlarni amalga oshirish imkonini beradi:

Mobil qurilmalarning o‘g‘rilanishini va ulardan noqonuniy foydalanishning oldini olish;

GSMA xalqaro standartlariga mos kelmaydigan, inson sog‘lig‘iga zarar keltiradigan sifatsiz mobil qurilmalarni sotuvini oldini olish;

O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish;

Mamlakatga mobil qurilmalarni noqonuniy yo‘l bilan olib kirilishning oldini olish.

Mobil qurilmalar IMEI-kodlari joriy yilning 1-noyabr oyidan tizim operatoriga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.

Report Page