XABARLAR

XABARLAR

XABARLAR

Qurilishda burilish boʻladimi?..

Oʻz vaqtida foydalanishga topshirilmayotgan qurilishlarga kim javob beradi? Sirdaryodagi aksariyat ijtimoiy obyektlar nega hanuzgacha foydalanishga topshirilmayapti? 

Birgina Oqoltin tumanidagi ijtimoiy obyektlarning yangidan qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida hamon bolajonlarning shodon qiyqirigʻi eshitilmayapti.

Tumanning “Saxovat” MFY hududidagi 5-sonli MTT rekonstruksiya ishlari 2019-yilning mart oyida boshlangan lekin hanuzgacha foydalanishga topshirilmagan. 2,5 mlrd soʻmlik Qurilish-taʼmirlash ishlarini “Shahnoza deklarant Servis” MCHJ olib bormoqda. Maʼlumotlarga koʻra, MCHJ ish boshqaruvchisi va rahbari oldin huquqni muhofaza qilish idoralarida rahbar lavozimlarida ishlab nafaqaga chiqqanlar. 

Quruvchilarning aybimi yoki boshqami lekin mahallaning bogʻcha yoshidagi bolalari “oʻz ishlarining piri” boʻlib ketgan amakilarining bogʻchasini tezroq foydalanishga topshirishlarini orziqib kutayotgani haqiqat.

Shuningdek, “Shodlik” mahallasining 100 dan ortiq bolajonlari ham yuqoridagi tengdoshlari singari bog‘chasining tezroq foydalanishga topshirilishini intiqlik bilan kutyaptilar. Ular hozirgi kunda maktabni “qiy-chuv” qilib boshlariga koʻtaryotgani rost gap.

7-MTT qayta taʼmir tufayli yangi qiyofa kasb etmoqda. Taʼlim muassasasini taʼmirlayotgan “Ulug‘bek” XK rahbari, sobiq bojxonachi Xayrulla Qurbonovning aytishicha, “bogʻchaga bolalar oktyabr oyining oxirida kirsa ham katta gap.”

Umid qilamizki, kechikayotgan qurilishlarga sabab boʻlgan omillarni mutasaddilar tez orada bartaraf etishadi. Balki “chumchuq soʻysa ham qassob soʻysin” degan maqolning bejizga aytilmaganiga masʼullar ham eʼtbor berishsa, bunday ovoragarchiliklarning oldi olinarmidi?! 

Report Page