XABARLAR

XABARLAR

XABARLAR

Ot sporti boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkaziladi

Joriy yilning 26-27-sentyabr kunlari ot sportining ot yoʻrttirish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtadi. Bu haqida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqa Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining joriy yil 13-sentyabrdagi 1643-sonli buyrugʻiga muvofiq tashkil etiladi.

Musobaqa Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “ARGAMAK SHER” ot sporti klubida boʻlib oʻtadi. Unda respublikamizning barcha viloyat va shaharlaridan eng mohir chavandozlar ishtirok etadi.

Oʻzbekiston kubogi yakunida gʻolib va sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Report Page