XABARLAR

XABARLAR

XABARLAR

Qarshi davlat universiteti talabasi Osiyoning yangi rekordini o‘rnatdi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida para-suzish bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 15-sentyabr kuni bahslarda qatnashgan Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 4-kurs talabasi Shohsanam Toshpo‘latova ayollar o‘rtasida 100 metrga batterflyay usulida suzish bahslarida finishga birinchi bo‘lib yetib keldi va terma jamoa hisobiga ushbu jahon chempionatidagi ilk oltin medalni olib berdi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanali xabar bermoqda.

Shohsanam 1 daqiqa 3,89 soniyalik natija bilan Osiyoning yangi rekordini o‘rnatdi. Shohsanam Toshpo‘latova bungacha 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan.

Report Page