X bob. Nazariyalar

X bob. Nazariyalar

The Twilight Saga
 -Bittadan ortiq sõrashim mumkinmi, - nihoyat qisqa sukutdan sõng u gap boshladi.
Men chorasiz va nimadir yomon narsa yuz berishidan xavotirda edim. Ammo barcha narsa Bellaning men bilan ekanligining oldida hech narsa edi. Men biroz õylangach javob berdim: -Faqat bitta. - Yaxshi... - u bir daqiqacha õylanib qoldi, aftidan, u qaysi savolni berishi mumkinligi tõğrisida qaror qabul qilayotgandi. - Sen mening kutubxonaga bormaganimni va janub tarafga adashib ketib qolganimni aytding, men sen buni qanday aniqlaganingga hayronman. Men asabiy holatda mashina oynasiga tikildim. Bu men taxmin qilganimdan mutlaqo boshqacha savol edi. Shu payt uning tanqidona va qaltiroq ovozi meni xayollarim sirtmoğidan ozod qildi:
- Menimcha sen bugun barcha savollarni javobsiz qoldirmoqchisan-a? - Menimcha, u men barcha gaplarni unga tõğridan tõğri aytishimni xohlayapti. Bu suhbat borgan sari yomonlashib borayotganini his qilardim.  
-Xõsh mayli sen aytgancha bõlaqolsin,- dedim, - men sening iforingning ortidan ergashgandim. Shu paytda men uning yuziga qaragim keldi ammo meni nimani kõrishim mumkinligi tashvishga solayotgandi. Uning õrniga men u qay holatdaligini taxmin qilish uchun uning nafas olishini eshitdim. Bir daqiqalik sukutdan sõng u men kutganimdanda dadilroq ohangda:
- Ammo sen men birinchi bergan savollarimdan biriga javob bermaganding. -Aynan, qaysi biri haqida gapiryapsan?
-Insonlarni fikrini qanday õqiy olishing haqidagisini, - sõrov nigohi bilan tikilib turardi. U bu savolni mendan tamaddixonada sõragandi.
- Sen istalgan odamning fikrlarini õqiy olasanmi? Sen buni qanday qilasan? Oilangning boshqa a'zolarichi, ular ham shunaqa qobiliyatga egami? - deya u meni savollarga kõmib tashladi.
-Sen, allaqachon, bittadan kõp savol berding, - dedim men xotirjam, u esa hamon savollariga javob berishimni kutayotgandi.  Nega uning savollariga javob bermasligim kerak? Shundoğam u men haqimda yetarlicha shubhalarga va fikrlarga ega edi, harqalay bu men õylaganimdan kõra osonroq kechdi.
-Yõq, bu qobiliyat faqat menda bor. Men istalgan insonning fikrini istalgan joyda eshita olaman. Bu xuddiki insonlarning "tovush" lariga õxshaydi, ular uzoqda bõladi ammo menga juda yaqindagidek eshitiladi. Ammo masofa ham bir necha mildan yiroq bõlmasligi kerak,- men iloji boricha unga tushuntirishga harakat qildim,- bu xuddi kattakon odam tõla dahlizga õxshaydi, ularning ovozi bittama bitta eshitiladi. Qolgan ovozlar esa arilarning gõnğillashiga õxshab turadi. Shunda men aynan bitta ovozga e'tiborimni qaratishim kerak. Shunda men u nima õylayotgani aniq bilib olish imkoniga ega bõlaman. Kõpincha men ularning barchasini õchirib qõyaman chunki bu meni judayam chalğitadi. Va yana barchasi normal holatiga qaytadi, - deb yuzimni burishtirdim, - men odamlarning savollarining javobini ularning fikrlarini õqish bilan javob berib qõya qolaman, bu sõz orqali savollarni eshitishdan ancha yaxshiroq.
- Unday bõlsa, nega sen meni fikrlarimni õqiyolmaysan?- dedi u ajablanib.Endi bu vaziyatga unga boshqa bir haqiqatlarni ham oshkor qilishimga tõğri kelardi.  
-Tõğrisi buni sababini men ham tushinib yetolmadim, - deya tan oldim, - menimcha bu sening miyang bilan boğliq bõlsa kerak, u boshqalarnikiga õxshab ishlamaydi menimcha. Bu xuddiki sen õzingdan alfa tõlqinlarini taratasan-u, lekin mening qobiliyatim FM tõlqinlarigagina ta'sir qiloladi.
Õsha payt shuni payqadimki u men keltirgan misollardan qoniqmadi. Uni mening fikrlarimga bõlgan munosabatini kõrsangiz edi, bu meni kulishga majbur qildi...
- Nima, meni miyam seningcha notõğri ishlaydimi,- uning ovozida jaxl bor edi,- Nima men ğayrioddiy odammanmi?  Ah, u yana qizishib ketdiku...
- Men insonlarning fikrini õqiy olishim haqida gapisam-u sen õzingning ğalatiroq ekanliging tõğrisida tashvishdamisan- kulib yubordim.U barcha kichik narsalarga judayam e'tiborli, ammo katta haqiqatlarga kelganida u doim ularni chetda qoldiradi. Nima bõlganda ham u baribir ğalati, boshqacha dunyoqarash egasi. Bella labini qimtib, uzoq uzoqlarga qarab chuqur õyga toldi: -Xavotirlanma,- dedim tinchlantirmoqchi bõlib,- bu shunchaki oddiy taxmin.
Ammo bizning oldimizda baxslashish uchun bundanda muhim nazariya kutmoqda edi. Shu bilan birga buning uddasidan chiqish ham anchayin zalvorli ish edi. Undan bu haqiqatni yashirayotganimning har bir daqiqasi meni ulkan "qarz" ostiga kõmib borardi.
- Xõsh sen bulardan nima xulosaga kelding? - tashvishli va sovuqqon ohangda sõradim. U chuqur nafas oldi va yana lablarini qimtib oldi- men u õzini jarohatlab olishidan tashvishga tushdim. U menga nazar soldi, uning yuzida qandaydir ğam aks etgandi.... 

Davomi bor 😁😁😁

✍🏻 Tarjimon: FERUZA Po'latova 🎀

The Twilight Saga kanali
@Sumerki_Twilight_Zulmat_ostonasi

'THE TWILIGHT SAGA' KANALI

Report Page