World's Toughest Man Alive

World's Toughest Man Alive

Kamron Abdurakhmonov


Irqchilik illati cho'qqisiga yetgan davrda alkogolga mukkasidan ketgan ota va yashash sharoitlari ayanchli bo'lgan bir qora tanlilar oilasida dunyoga keldi. Bolaligidan turli kamsitish, haqorat, bezoriliklar bilan katta bo'lib maktabni zo'rg'a tamomladi. Hayoti davomida 3 marta og'irvaznlikdan aziyat chekdi. Inson zoti hayotda ko'rishi mumkin eng og'ir sinovlarni boshdan kechirdi. Odatda bunday vaziyatda insonlar bu azoblardan qochishga, qutulishga harakat qilishadi. David Goggins esa bu mashaqqatlarni o'zi xohlaydigan shaxsga aylanish uchun yo'naltirdi.

Yoshiligidan qiyinchiliklardan bezgan David aksincha yana o'zi uchun chellenjlarni qarshi ola boshladi. Armiyaga qo'shildi. Havo kuchlari (US AirForce), US Navy SEAL(maxsus qurolli kuchlar) va AQSh qurolli kuchlari Renjerligini tamomlagan yagona AQSh Qurolli Kuchlari a'zosiga aylandi. 


9 oy davomida 67000 ta tortinish va 2 marta muvaffaqiyatsiz urinishlardan so'ng Turnikda tortinish bo'yicha Ginness Rekordini yangiladi – 24 soatda 4030 ta tortinish bilan. Bu oyiga 7444 ta, kuniga 248 ta va soatiga 4 tadan qilish bilan teng. Biroz perspektiva berish uchun – men 50 kun davomida har kuni tortinib 30 talik maqsadimga hali yetolganim yo'q:(


50 dan ortiq ultramarafonlarda qatnashdi. 24 soatlik San Diego One Day marafonida 101 milya(160 km)lik endurance running(chidamlilik uchun yugurish)ni 19 soat 6 minutda tamomladi.

Bularni bari shunchaki jismoniy jihatdan chiniqish deb o'ylasangiz, adashasiz. Inson avvalo ruhini bunday qiyinchiliklarga tayyorlamasa, diqqatini boshqarishni eplolmasa, yolg'iz tan sog'lomligi bilan erishib bo'lmaydi. Ha aytgancha, yuqorida aytilgan hamma ishlarni David Goggins yuragidagi xastalik(google for: Congenital Heart Defect)ni davolatishdan oldin qilgan.


Natijasi dunyo bo'yicha "Zamonamizning eng irodali odami" deya tan olingan, iroda ramziga aylangan shaxs bo'ldi.


Olingan darslar:


– Haqiqatdan qochma! Kimligingni, qandayligingni, nimalar qilganingni, nimalar sodir bo'lganini tan ol! Qochish bilan, tan olmaslik bilan bularni barini o'zgartira olmaysan. Sen o'zgartira oladigan narsa bu – sening harakating.


– Qiyinchiliklardan qochma! Ularni qarshi ol! Aynan qiyinchiliklar seni kimligingni, nimalarga qodirligingni belgilaydi, irodangni shakllantiradi


– Insonni chegaralab turuvchi yagona to'siq bu uning o'zi! Oynadagi aksingni yenggan kuning g'olib bo'lasan, haqiqiy baxtni, hayoting mazmunini shunda topasan!

(Bu gapni yumshoq kresloda issiqqina uyidagi komfortdan rohatlanib yashagan inson emas, 100 km yugurib, oyoqlari sinib, muskullari ishlashga bermay, oyoqlarida gematomalar paydo bo'lishiga qaramay yana 50 km yugurgan shaxs aytgan)

David Goggins

Source

Report Page