Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?

Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?

@itspecuz
x32 (x86) vs. x64

Hayrli kun aziz do‘stlar! Bugun biz siz bilan sarlavhadan tushunganingiz kabi Windows razryadligi haqida so‘z yuritamiz.

Windows’da x32, x64 va x86 kabi razryadliklar borligi haqida ko‘p kompyuter foydalanuvchilarining xabarlari bo‘lmasligi mumkin, shu bilan birga juda kam sonli foydalanuvchilar real holatda buning nimaligini, buni qayerdan olish/almashtirish va nima uchun kerakligini bilishadi. Hattoki ushbu razradliklar bilan ko‘p sonli afsonalar ham bog‘liq.

Yaqin kunlarda Internetda man qiziq bir narsaga ahamiyat berdim – ushbu masala borasida qandaydir bir mazmunli ma’lumotning o‘zi yo‘q, aynan shuning uchun men ushbu maqolamni shu mavzuga bag‘ishlashga ahd qildim.

Boshladik.

Razryadlik haqida kirish so‘zi

Gapni shundan boshlaymanki, hozirgi kunda Windows’da razryadliklar hozircha ikkita: 32-bit va 64-bit, ya’ni distributivlar mos tarzda x32 va x64larga bo‘linadi. x86ga keladigan bo‘lsak – bu 32-bitli versiyadan o‘zga narsani anglatmaydi (ya’ni agar Siz x86ni uchratsangiz, shuni bilingki, so‘z x32 haqida bormoqda). Ikki nomlanishning nima uchun mavjudligini Google qidiruv tizimidan qarab ko‘rishingiz mumkin, lekin shuni bilingki, agar Siz bilvosita 64-bitli operatsion tizimni o‘rnatmagan bo‘lsangiz, u holda sizning Windows 32-bitli razryadlikka ega.

Shunday bo‘lsada, har ehtimolga qarshi tizimning razryadligini eng oddiy usul yordamida aniqlash mumkin: “Мой компьютер” yorlig‘ini topamiz va uning ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz (yoki yorliqni tanlab Alt+Enter tugmalar birikmasini bosamiz) va Свойства punktini tanlaymiz (quyida keltirilgan skrinshot Windows 7 uchun aktual, Windows 8.1, 10’larda esa shunga monand, Windows XP’da esa birmuncha boshqa shaklda, biroq mazmunan bir xil). Buni aniqlashning boshqa, osonroq usuli Win+Pause/Break tugmalar birikmasini bosish hisoblanadi.

Windows 7 Ultimate "Свойства системы" oynasi

Keling, Windows x32 va Windows x64 razryadliklari va distributivlari aynan nimasi bilan farq qilishi va umuman olganda 64-bitga o‘tishning o‘zi maqsadga muvofiqmi, shunga aniqlik kiritamiz.

Izoh: nafaqat tizim, balki dasturlar (va drayverlar) ham razyadlikka ega, ya’ni 32 yoki 64-bitli bo‘ladi, shuning uchun pastroqda keltirilgan matnga muvofiq, ular operativ xotirani cheklangan miqdorda yoki butunlay ko‘rishlari va foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zi umuman x86 ni x64ga yoki aksincha almashtirish maqsadga muvofiqmi?

x64ning x32dan asosiy va hattoki yagona farqi bu x64 versiyasining 32 Gbaytgacha xotiragacha ishlay olishi va bir vaqtning o‘zida 64-bitli va 32-bitli dasturlarni ishga tushira olishidadir, an’anaviy x32 esa faqatgina 4 Gbayt xotiragacha murojaat qilishi, faqatgina 3 Gbaytgacha xotirani ko‘ra oladigan, 32-bitli dasturlarni ishga tushirishi mumkin (oddiy qilib aytganda, agar kompyuterda hattoki 4 Gbayt (va undan ortiq) xotira bo‘lgan taqdirda ham, 32-bitli tizim shundan faqat 3 Gbaytini ko‘rishi va foydalanishi mumkin, qolgan xotira esa shunchaki qolib ketadi, chunki tizim ham, dasturlar ham shunchaki undan ortig‘ini ko‘ra olmaydi).

x64 versiyasida esa vaziyat boshqacha: 32-bitli dasturlar uchun barcha 4 (va undan ortiq) Gbayt, 64-bitli dasturlar uchun esa fizik tarzda kompyuterga o‘rnatilgan to‘liq operativ xotiradan erkin foydalanish mumkin bo‘ladi. Yana bir bor takrorlayman, 64-bitli tizim u va bu dasturlarni ishga tushirishi mumkin, lekin aksincha emas.

Umuman olganda shunaqa gaplar. Qolgan juda ko‘p o‘qib o‘rganish uchun vaqt talab etadigan texnik va boshqa turdagi tafsilotlarni bilishimizning umuman olganda aytarli foydasi yo‘q, shuning uchun men faqat shunchaki x64ga o‘tish yoki o‘tmaslikni (xulosa chiqarish o‘zingizga havola) tushuntirib beradigan ba’zi xulosaviy fikrlarni Siz uchun keltirib o‘tmoqchiman.

Windows’ning qanday razryadligini tanlash lozim va nima uchun?

Boshladik. Windows x64 razryadligiga o‘tishning barcha ijobiy va salbiy tomonlari:

64-bit versiyali Windows'ning ko‘rinishi va foydalanuvchi tomonidan his etilishi oddiy 32-bitliga o‘xshash hisoblanadi, ya’ni unda hech qanday bir yangiliklar va bonuslarning o‘zi yo‘q, biroq ko‘pyadroli protsessorlarga ega foydalanuvchilar ushbu ko‘rinishdagi tizimda va unda 64-bitli dasturlardan foydalanganda ishlash samaradorligini oshishini sezishlari mumkin (bu esa barcha uchun va har doim ham dolzarb emas);

x644 va undan ortiq hajmdagi operativ xotirani ko‘rishi va ishlashi mumkin. x32 esa operativ xotiraning fizik ko‘rsatkichi kattaroq bo‘lishiga qaramasdan faqatgina 3 Gbaytni ko‘ra oladi. Ya’ni kompyuterida katta zaxiradagi xotirasi bor foydalanuvchilar 64-bitli tizimda ko‘proq samaradorlikka erishishadi va operativ xotiraning yetishmovchiligi kabi muammolarga kamroq duch kelishadi;

– Ishlab chiqaruvchilar tomonidan hamma kompyuterlar va qurilma (hardware)lar uchun ham 64 razryadli versiyadagi drayverlar ishlab chiqilmagan, bu esa quyidagi turdagi tizimga o‘tishda muammo tug‘dirishi mumkin. Ona platasi (материнская плата), videokartalar va hkz.larni ishlab chiqaruvchilarning rasmiy saytlaridan drayverlarning mavjud ekanligini tekshirishingiz lozim, bu orqali Sizga 32 razryadli tizimdan boshqasiga o‘tish yoki o‘ta olmaslik ayon bo‘ladi;

– Ko‘pchilik x32li dasturlar x64da bemalol ishlay olishi mumkin, lekin aksincha holatda ishlay olmaydi;

– O‘tishning mazmuni asosan kompyuterdagi xotira hajmiga borib taqaladi. Agar 4 Gbaytdan kam bo‘lsa, u holda o‘tishdan qariyb mazmun yo‘q. Agar ko‘proq bo‘lsa (yoki xotirani kengaytirish istagi paydo bo‘lsa), unda bemalol harakat qilsa bo‘ladi. Shunisi tabiiyki, ko‘pchilik tizimlar, dasturlar va o‘yinlar uchun “Xotira qancha ko‘p bo‘lsa – shuncha yaxshi” qoidasi dolzarb hisoblanadi;

– Mening tanlovim – bu x64, chunki katta hajmdagi xotira bu ko‘p yadroli protsessorlar uchun yuqori samaradorlikdir. Mana shunaqa gaplar.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Kanalimizga a’zo bo‘ling va do‘stlaringizga ham kanalimizni tavsiya eting: @itspecuz

Report Page