Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)

Windows 7 ning barcha "qaynoq klavishalari" (горячие клавиши)

@itspecuz

Sizning e’tiboringizga Windows 7 operatsion tizimida qo‘llaniladigan “qaynoq” klavishalar ro‘yxatini keltiramiz (ularning ko‘pchiligi Windows’ning boshqa versiyalarida ham ishlaydi). Albatta barcha kombinatsiyalardan foydalanish qulay deb hisoblab bo‘lmaydi, biroq ularning ba’zilari sizning ishingizni haqiqatda tezlashtirishi mumkin va ushbu oilaga mansub operatsion tizimlar va ularning komponentlaridan foydalanishdagi ma’lum bir jarayonlarni anchagina soddalashtiradi.

Windows 7 operatsion tizimidan boshlab ishlatiladigan “qaynoq” klavishalar

Windows 7 проводник oynasi, ish stoli va boshqa oynalar:

Win + Home – Barcha fondagi oynalarni ekranga chaqirish (развернуть) yoki vazifalar paneliga tushirish (свернуть)

Win + Пробел – Ushbu kombinatsiya aktiv bo‘lib turgan paytda barcha oynalarning tarkibi shaffof (прозрачный) bo‘ladi

Win + ↑ – Aktiv ochiq turgan oynani to‘liq ekranli rejimga o‘tkazadi

Win + ↓ – Aktiv oynaning o‘lchamini kichraytirish yoki vazifalar paneliga tushirish (свернуть)

Shift + Win + ↑ – Aktiv oynani ish stoli (рабочий стол) bo‘yiga mos holda kengaytiradi

Win + Tab – Oynalar o‘rtasida Flip 3D rejimida o‘tish

Win + ← – Aktiv oynani ish stolining chap tomoniga ko‘chirish

Win + → – Aktiv oynani ish stolining o‘ng tomoniga ko‘chirish

Ctrl + Shift + N – Проводник da yangi papka yaratish

Alt + ↑ – Papkalar o‘rtasida 1 pog‘ona ortga qaytish

Alt + P – Fayllarni ko‘rib chiqish panelini aktivlash

Shift + Fayl ustida o‘ng tugmani bosish – Kontekst menyusida yashirin imkoniyatlarni aktivlash (oddiy o‘ng tugmani bosishdagi kontekst menyusi bilan solishtirib ko‘ring)

Shift + Papka ustida o‘ng tugmani bosish – Kontekst menyusida qo‘shimcha punktni aktivlash

Win + P – Ikkinchi monitor yoki qurilma funksiyasini aktivlash

Win + [+ /-] – Windowsning elektron lupa funksiyasini aktivlash

Win + G – Aktiv gadjetlar o‘rtasida o‘tish


Windows 7 vazifalar paneli (панель задач):

Win + (1-9) – Muayyan bir raqam (tartib)dagi ilovani aktivlash yoki ishga tushirish

Shift + Win + (1-9) – Muayyan bir raqam (tartib)dagi ilovaning yangi nusxasini ishga tushirish

Ctrl + Win + (1-9) – Muayyan bir raqam (tartib)dagi oynalar o‘rtasida o‘tish

Alt + Win + (1-9) – Muayyan bir ilova kontekst menyusini aktivlash

Win + T – Vazifalar panelida (Панель задач)gi oynalar o‘rtasida o‘ng tomonga qarab o‘tish

Win + Shift + T – Vazifalar panelida (Панель задач)gi oynalar o‘rtasida teskari (chap) tomonga qarab o‘tish

Win + B – E’tiborni vazifalar panelidagi treyga qaratish (soatlar yonida joylashgan blok)

Ctrl + Shift + Chap tugmani bosish – Belgilangan ilovani administrator huquqi bilan ishga tushirish

Shift + O‘ng tugmani bosish – Oynaning bosh menyusini aktivlash


Windows versiyasidan qat’iy nazar ishlatiladigan “qaynoq” klavishalar

Alt + Tab – Oynalar o‘rtasida chapdan o‘ngga o‘tish

Alt + Shift + Tab – Oynalar o‘rtasida o‘ngdan chapga o‘tish

Win + E – Windowsning проводние oynasini ishga tushirish (Windows Explorer)

Win yoki Ctrl + Esc"Пуск" menyusini ochadi

Ctrl + Shift + Esc – Windows Vazifalar dispetcheri (Диспетчер задач)ni aktivlashtiradi

Win + R"Выполнить" oynasini ekranga chaqirish (Run)

Win + D – Barcha oynalarni vazifalar paneliga tushiradi (Свернуть все окна), takroran bosish orqali aktiv oyna ekranga qaytadi

Win + L – Kompyuterni bloklash

Win + F1 – Windows ma’lumotnoma xizmatini chaqiradi

Win + Pause"Свойства системы" oynasini ochadi

Win + F – Windows qidiruv oynasini chaqiradi

Win + Сtrl + F – Boshqa kompyuterlarni izlash oynasini chaqiradi

PrintScreen – Ekran tarkibini butunlay rasmga (скриншот) oladi

Alt + PrintScreen – Aktiv oynani rasmga oladi

Win + Tab – Vazifalar paneli element (закладка)lari o‘rtasida to‘g‘ri tartibda o‘tish

Win + Shift + Tab – Vazifalar paneli oynalari o‘rtasida teskari tartibda o‘tish

F6 yoki Tab – Fokusni o‘zgartirish (Ish stoli – Tezkor ishga tushirish – Vazifalar paneli – Trey)

Ctrl + A – Oynaning, shu qatorda matnning butun tarkibini belgilash

Ctrl + C (Ctrl + Insert) – Belgilangan tarkibni almashinish buferi (буфер обмена)ga nusxalash

Ctrl + X (Shift + Delete) – Belgilangan tarkibni almashinish buferiga kesib olish

Ctrl + V (Shift + Insert) – Almashinish buferi tarkibidagini muayyan bir joyda qo‘llash (Вставка)

Ctrl + N – Yangi obyekt yaratish

Ctrl + S – Joriy materialni saqlash

Ctrl + O – "Открыть" dialog oynasini chaqiradi

Ctrl + P – Hujjatlarni chop etish dialog oynasini chaqiradi

Ctrl + Z – Oxirgi amalga oshirilgan harakatni ortga qaytarish (Отмена)

Shiftni ushlab turish – Optik disklar avtomatik ishga tushishi (автозапуск)ni bloklash uchun

Alt + Enter"Пуск" menyusi, vazifalar paneli yoki belgilangan obyekt uchun Свойства’ni chaqirish

Ctrl + ← – Matnda so‘zlar o‘rtasida chapga o‘tish

Ctrl + → – Matnda so‘zlar o‘rtasida o‘ngga o‘tish

Shift + [←, →, ↑, ↓] – Kerakli matnni belgilash

Ctrl + Shift + [←, →, ↑, ↓] – Matndagi so‘zlar va satrlarni belgilash

Home – Matn satrining boshiga o‘tish

End – Matn satrining oxiriga o‘tish

Ctrl + Home – Matnli hujjatning boshiga o‘tish

Ctrl + End - Matnli hujjatning oxiriga o‘tish

Shift + F10 – Belgilangan obyekt uchun kontekst menyusini chaqirish

F2 – Obyektni qayta nomlash (переименовать) uchun qo‘llaniladi

Ctrl ni ushlagan holda obyektni biror joyga o‘tkazish – Belgilangan obyektlarni nusxalash (копирование)

Shift ni ushlagan holda obyektni biror joyga o‘tkazish – Belgilangan obyektlarni to‘liq ko‘chirish (перемещение)

Ctrl + Shiftni birga yoki Altni ushlagan holda biror joyga o‘tkazish – Belgilangan obyektlar yorliqlari (ярлыки)ni yaratish

Ctrl + Chap tugmani bosish – Kerakli obyektlarni ixtiyoriy tartibda ajratish

Shift + Chap tugmani bosish – Belgilanganlar o‘rtasidagi barcha obyektlarni ajratish

Delete – Belgilangan obyektlarni Корзина’ga o‘chirish

Shift + Delete – Belgilangan obyektlarni Корзина’ga yubormasdan o‘chirish

F3 yoki Ctrl + F – Проводник oynasidagi qidiruv panelini ko‘rsatish yoki berkitish

* (Numpad) – Проводник papkalar daraxtida barcha papka ostidagi papkalar (подпапки)ni ko‘rsatish

F5 – Oyna tarkibini yangilaydi (Проводник, Brauzerlar, Ilovalar)

BackspaceПроводник va boshqa dasturlarda bitta oldingi bosqichga qaytish

F4Проводник manzil satriga o‘tish

Alt + Esc – Aktiv oynalar o‘rtasida ishga tushganlik tartibi bo‘yicha to‘g‘ri o‘tish

Alt + Shift + Esc – Aktiv oynalar o‘rtasida teskari tartibda o‘tish

Alt + F6 – Bir ilova oynalari o‘rtasida o‘tish

Alt + F4 – Aktiv ilova (Oyna)ni yopish, yoki Windows’ning ishini yakunlash (Завершение работы)

Ctrl + F4 – Dastur aktiv oynasining ishini yakunlash

Alt – Aktiv oyna yoki ba’zi ilovalar uchun menyuni aktivlashtirish

Esc – Dialog oynalarini yopish yoki menyudan chiqish

Alt + Harf – Menyuning muayyan punktini chariqish

Harf ustiga bosishПроводник’da ushbu harf ostidagi birinchi elementga tezkor o‘tish

Alt + Space – Aktiv oynaning tizimli menyusini ko‘rsatadi

Ctrl + ↑ – Matnni yuqoriga qarab прокрутка qilish

Ctrl + ↓ – Matnni pastga qarab прокрутка qilish

Ctrl + Tab – Aktiv oynaning bo‘lim (вкладка)lari o‘rtasida chapdan o‘ngga qarab o‘tish

Ctrl + Shift + Tab - Aktiv oynaning bo‘lim (вкладка)lari o‘rtasida o‘ngdan chapga qarab o‘tish

Tab – Dialog oynasi element (опция)lari o‘rtasida to‘g‘ri o‘tish

Shift + Tab - Dialog oynasi element (опция)lari o‘rtasida teskari o‘tish


Keyingi maqolalarimizda Windows 8, 8.1 va 10 operatsion tizimlari uchun ham ushbu kombinatsiyalarni yoritib boramiz.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Biz bilan birga bo‘ling: @itspecuz

Report Page