Будет ли Telegram заблокирован в Узбекистане?

Будет ли Telegram заблокирован в Узбекистане?

Telegram Uzbekistan
🇷🇺 Версия на русском языке ниже.
🇺🇿 O‘zbek tilidagi talqin quyida.

Telegram O'zbekistonda bloklanadimi?

Telegram Qo‘llab quvvatlash Markazi vakili Davronbek Rustamovning maqolasi.
O‘qing: Telegram'ni Oʻzbekistonda bloklashga urinishdimi?

Telegram'ning O‘zbekistondagi tarixidan

Ilk bor Telegram dunyoga 2013-yil avgust oyida iOS foydalanuvchilari uchun taqdim etildi va Android'dagi birinchi alfa versiyasi bir necha oydan so‘ng — o‘sha yilning oktyabrida chiqdi.

Aynan shu oyning oxirida o‘sha paytda O‘zbekistonda mashhur bo‘lgan yashil messenjer ishida jiddiy uzilishlar kuzatila boshlandi. O‘sha vaqtlarda o‘zbekinstonliklarning Telegram'ga qiziqishi paydo bo‘ldi — o‘sha paytdan boshlab "yashil tomondan" "ko‘k tomon"ga oqim kuchayib bordi — va noyabr oyining boshlarida messenjer davlatdagi eng ko‘p yuklab olingan dasturga aylandi.

U vaqtda Telegram dunyoda umuman mashhur emas edi, O‘zbekistonda esa aksincha mashhurlik oshib borayotgan edi. O‘shandan beri messenjer mamlakatdagi eng ommabop IT-mahsulot deb hisoblanadi.

O‘zbekistonda bloklash qayerdan paydo bo‘ldi?

2021-yil yanvar oyida ommaviy axborot vositalarida shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunga o‘zgarishlar kiritilishi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilindi. Qonunga ko‘ra saytlar va boshqa tizimlar egalariga O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini O‘zbekistonda joylashgan serverlarda saqlash majburiyati yuklandi. O‘zgarishlar aprel oyida kuchga kirishi haqida xabar berildi.

“27¹-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishning alohida shartlari.
Mulkdor va (yoki) operator O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlov berishda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ishlov berishda ularning jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda belgilangan tartibda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida yig‘ilishini, tizimlashtirilishini va saqlanishini ta’minlashi shart”.

— O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonuni, 14-yanvar 2021.

Talab mahalliy va xorijiy shaxsiy ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchilar (barcha ijtimoiy tarmoqlar, xizmat va tizimlar, messenjerlar) uchun amal qiladi.

"Facebook, TikTok, Telegram ва шу каби коммуникация платформалари ўз техник воситаларини Ўзбекистон ҳудудига ўтказишлари шарт".

— O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining rasmiy sayti, 12-may 2021.

Ma’lum qilinishicha, buning sabablaridan biri fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va ularning shaxsiy ma‘lumotlarini himoya qilishdir — agar fuqarolarning ma’lumotlari boshqa mamlakatda joylashgan bo‘lsa, ularni himoya qilish ancha qiyin bo‘ladi.

Qonunni amalga oshirishning texnik tomoni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (xalq orasida Mininfokom deb nomlanadi) zimmasiga yuklatilgan.

Ma’lumot uchun: yuqorida aytib o‘tilgan O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat pеrsonallashtirish markazi – O‘zbekistonda shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilangan. Tashkilot shaxsga doir ma’lumotlar yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etilishini ham nazorat qiladi.

Telegram bo‘yicha vaziyat haqida nima deyish mumkin?

Qonun rasmiy ravishda 14-aprelda kuchga kirdi. O‘sha kundan boshlab kompaniyalarga muzokaralar olib borish va harakatlarni boshlash uchun bir oy muddat berilgan edi.

2021-yil 15-aprelda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Umida Musayeva bilan suhbatda men ushbu qonunning yuqorida aytib o‘tilgan moddasining Telegram'dagi ta’sirini va ikki tomon o'rtasidagi aloqalarni yaxshilash yo'llarini muhokama qildim.

2021-yil 3-fevralda O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat pеrsonallashtirish markazidan Telegram Messenger Liability Partnership'ga mamlakat hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov beradigan texnik vositalarni joylashtirish choralarini 2021-yil 14-aprelgacha ko‘rish to‘g‘risida uchta tildagi rasmiy xat yuborilgan edi.

2 tildagi ilovalari bo‘lgan asl xat elektron pochta orqali menga ham yuborildi.

O‘sha kuni kechroq, Telegram bilan bog‘liq vaziyatning texnik tomoni, men O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Azizjon Ismoilov bilan batafsilroq muhokama qildim.

U qonun talablarini bajarmagan kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarni tartibga soluvchi hujjat ishlab chiqilganligi va u hujjat (o‘sha paytda) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi kutilayotganini tushuntirdi.

Boshqa tafsilotlar qatorida, menga xabar berishlaricha, O‘zbekiston tomoni messenjerdan foydalanishni cheklash bo‘yicha qat’iy choralarni iloji boricha ko‘rmaslikni istaydi, u faqat ijobiy niyatda va muzokaralar olib borish va Telegram ma’muriyati bilan umumiy aloqa nuqtalarini topish uchun ochiq ekan.

Aytgancha, ba’zi manbalar Telegram vitse-prezidenti Ilya Perekopskiy 2021-yil may oyining o‘rtalarida muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga kelishi reja qilinayotgani haqida mish-mishlar tarqatgan edi.

Men va Axborot vazirligidan 24-iyunga ko‘ra ma’lumot — O‘zbekiston tomoni hanuzgacha Telegram'dan javob kutmoqda.

Ha, Pavel Durov voqealardan xabardor. Mendan ham.

Xo‘sh, O‘zbekistonda Telegram bloklanadimi?

Bu oylar singari men hozir ham hech narsa deya olmayman, chunki men na qonun chiqaruvchiman, na Telegram qaror qabul qilish jamoasi vakiliman.

Ammo shaxsiy fikrimni quyida batafsil yozib o‘taman.

Telegram'ning faol foydalanuvchilari soni yarim milliarddan ziyod ekanligi va ularning hammasi dunyo bo‘yicha 5 ta asosiy server o‘rtasida tarqatilganini hisobga olsak, qo‘shimcha Telegram serverlarining O‘zbekistonda joylashishi ehtimoli kam. Bizning texnik tarafimiz yetarli darajada barqarorlik va o‘tkazuvchanlikni ta’minlay oladimi, noma’lum.

Men, shuningdek, aslida butun O‘zbekiston — maktab o‘quvchilarining guruh chatlaridan va iqtiboslar kanallaridan tortib davlat idoralarining rasmiy kanallari shuningdek maxfiyligi va (Telegram'da aloqaning shubhasiz xavfsizligi tufayli) ahamiyati yuqori bo‘lgan chatlargacha — barchasi Telegram'dagi aloqada turganligini muhim omil deb bilaman.

Shunga qaramay, mamlakatdagi yuz minglab foydalanuvchilar va deyarli barcha jiddiy korxonalar uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy tarmoq bir yil oldin bloklanganini eslashimiz mumkin. Ya’ni o‘sha paytda jamoatchilik uchun ushbu tarmoqning ahamiyati haqidagi asos yetarli bo‘lmagan edi.

Forbes Uzbekistan'ga bergan intervyuim shu mavzuga oid:

"Lokdaun nafaqat oflayn'da, balki onlyanda ham amalga oshirildi." Facebook mavjud bo‘lmaganda, o‘z biznesingizni internetda qanday targ‘ib qilish kerak.

Forbes Uzbekistan.

Agar Telegram baribir bloklansa-chi?

Roskomnadzordan shunga o‘xshash urinish muvaffaqiyatsiz tugadi — ikki yil davomida ushbu idora Telegram'ga kirishni butunlay blokirovka qilishga urindi, ammo proksi-serverlar va VPN o‘z kuchini ko‘rsata oldi (ba’zi hollarda esa messenjer hech qanday yordamchi vositasiz ham ishlagan) — rossiyaliklar Telegram'dan foydalanishda davom etishlari mumkin edi.

Natijada, Roskomnadzor Rossiyada Telegram'ni rasman blokdan chiqardi.

Messenjerga kirishni qisman yoki to‘liq cheklashga urinishlar bo‘lgan taqdirda, foydalanuvchilar proksi-serverlardan va o‘sha-o‘sha VPN'lardan foydalanishni boshlashadi.

Bu o‘zbekistonliklarning hayotini murakkablashtirishdan tashqari boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, blokirovka qilish sharoitlaridan suiiste’mol qilish va texnik vositalardan shaxsiy manfaat uchun foydalanish (aniq uslublarni oshkor qilmoqchi emasman) shuningdek ham shaxsga/kompaniyalarga, ham butun ommaga ko‘proq zarar yetkazish holatlari ko‘payishi mumkin.

Umid qilamanki, barcha davlat idoralari ushbu masalaga ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan yondashadi.

Siz bilan biz esa voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz. Ayrim ijtimoiy tarmoqlar bloklanishni boshladi.

"Qonun talablariga zid ravishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berayotgan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish cheklandi"

— O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi, 2-iyul 2021.

Nima bo‘lsa ham Telegram Uzbekistan barcha voqealar to‘g‘risida sizni xabardor qilib turadi va bundan keyin ham Telegram'dan foydalanishingizni yanada oson va qulay qilishga yordam beradi.

P.S. Telegram Uzbekistan ijtimoiy tarmoqlarda ham ochiq, obuna bo‘ling:
Facebook
Instagram TikTokYandex.Zen.


2-iyul 2021-yil,
Davronbek Rustamov

⬆️ Yuqoriga

Telegram'ni O'zbekistonda bloklashga urinishdimi?


03.07.2021

Ushbu mavzu bo‘yicha yuqoridagi katta maqola chiqdi.

02.07.2021

O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat pеrsonallashtirish markazidan ("O‘zkomnazorat") "Telegram Messenger LLP" bosh direktori Pavel Durov nomiga xat yuborilgan edi.

2 tildagi asl xat menga ham yuborildi. Ammo qabul qiluvchida Telegram ofisining eskirgan manzili ko‘rsatilgan bo‘lib – xat adresatga yetib bormagan.

Bilishimcha, boshqa xat yuborilmagan.

29.10.2021

O‘zR prezidenti O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunni buzish uchun jazoni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. O‘zgartirishlar kuchga kirgach, ijtimoiy xizmatlar ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin edi.

03.11.2021:

  • 19:15. O‘zkomnazorat Telegram’ni blokirovka qilishga urinishni boshladi.
  • 19:25. Telegram jamoasi bu haqda xabar oldi.
  • 21:00. Telegram bunga choralar ko‘rdi – messenjer yana proksi-server va VPNsiz ishlashni boshladi.
  • 21:37. Prezidentga O‘zkomnazoratning kelishilmagan harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
  • 22:06. O‘zkomnazorat rahbari yuqoridagi sababga ko‘ra ishdan bo‘shatildi.

Ushbu qisqa vaqt ichida TeleUz Proxy proksi-serveridan 13 250+ foydalanuvchi foydalanishga muvaffaq bo‘ldi.

Natija: Telegram avvaldek ishlamoqda.


3-noyabr 2021-yil,
Davronbek Rustamov


📢 Maqolani ulashish →

⬆️ Yuqoriga
@TeleUz — Telegram Uzbekistan

Будет ли Telegram заблокирован в Узбекистане?

Статья представителя Службы поддержки Telegram Давронбека Рустамова.
Читайте также: Попытка блокировки Telegram в Узбекистане?

Из истории Telegram в Узбекистане

Впервые Telegram был представлен миру в августе 2013 года — тогда вышла версия приложения для пользователей iOS, а первая альфа-версия на Android увидела свет спустя пару месяцев — в октябре того же года.

Именно с конца октября наблюдались серьёзные перебои в работе популярного на тот момент в Узбекистане мессенджера зелёного цвета. С того времени и появился интерес узбекистанцев к Telegram — всё больше поток шёл из «зелёной стороны» в «сторону синюю» — и уже в начале ноября мессенджер стал самым скачиваемым приложением в стране.

В то время Telegram был совсем не популярен в мире, чего уже нельзя было сказать об Узбекистане. С тех пор мессенджер является самым популярным IT-продуктом в стране.

Откуда блокировка в Узбекистане?

В январе 2021 года СМИ опубликовали новость о грядущих изменениях в законе о персональных данных, обязывающих владельцев сайтов и сервисов хранить персональные данные узбекистанцев на серверах, размещённых в Узбекистане. Предполагалось, что изменения вступят в силу в апреле.

«Статья 27¹. Особые условия обработки персональных данных граждан Республики Узбекистан.
Собственник и (или) оператор при обработке персональных данных граждан Республики Узбекистан с использованием информационных технологий, в том числе во всемирной информационной сети Интернет, обязан обеспечить их сбор, систематизацию и хранение в базах персональных данных на технических средствах, физически размещенных на территории Республики Узбекистан и зарегистрированных в установленном порядке в Государственном реестре баз персональных данных».

Закон Республики Узбекистан «О внесении изменений и дополнений в некоторые законодательные акты Республики Узбекистан», 14 января 2021.

Требование распространяется как на местных держателей и обработчиков персональных данных, так и зарубежных (все соцсети, сервисы, мессенджеры).

«Facebook, TikTok, Telegram и аналогичные коммуникационные платформы обязаны передавать свои технические средства на территорию Узбекистана».

Официальный сайт Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 12 мая 2021.

Сообщается, что одной из причин является обеспечение безопасности граждан и охрана их персональных данных — если данные граждан находятся в другой стране, охранять их, говорят, будет гораздо сложнее.

Техническая часть исполнения закона возложена на Министерство по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан — в народе именуемое Мининфокомом.

Для справки: упомянутый выше Государственный центр персонализации при Кабинете Министров Республики Узбекистан — уполномоченный государственный орган в области персональных данных в Узбекистане. Организация также следит за соблюдением требований законодательства в отношении личной информации.

Что с ситуацией конкретно с Telegram?

Закон формально вступил в силу 14 апреля. С этого дня у компаний был месяц на переговоры и начало действий.

15 апреля 2021 года я в беседе с начальником Отдела международных связей Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан Умидой Мусаевой обсудил влияние статьи закона на Telegram и способы улучшения коммуникации между двумя сторонами.

3 февраля 2021 года Государственный центр персонализации при Кабинете Министров Республики Узбекистан отправил официальное письмо на трёх языках компании Telegram Messenger Liability Partnership с просьбой до 14 апреля 2021 принять меры по размещению технических средств, обрабатывающих персональные данные граждан Республики Узбекистан, на территории страны.

Оригинал письма с приложениями на 2 языках также отправили мне на имейл.

В этот же день техническую сторону ситуации касательно Telegram я детальнее обсудил с исполняющим обязанности начальника Отдела обеспечения информационной безопасности Министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций Республики Узбекистан Азизжоном Исмаиловым.

Он объяснил, что регулирующий меры (применяемые в отношении тех компаний, которые не стали выполнять требования закона) документ был разработан и ожидает (на тот момент) утверждения со стороны Кабинета Министров Республики Узбекистан.

Среди прочего мне сообщили: узбекская сторона меньше всего хочет прибегать к кардинальным мерам по ограничению доступа к мессенджеру, что она настроена положительно, открыта к переговорам и нахождению общих точек соприкосновения с администрацией Telegram.

К слову, некие источники пустили слух, что вице-президент Telegram Илья Перекопский якобы собирается приехать на переговоры в Узбекистан в середине мая 2021 года.

Информация от меня и Мининфокома на 24 июня — узбекская сторона всё ещё ожидает ответа от Telegram.

И да, Павел Дуров в курсе событий. От меня в том числе.

Так будет ли заблокирован Telegram в Узбекистане?

Не могу что-либо утверждать, так как я — ни законодатель, ни лицо, принимающее решения в Telegram.
Но моё личное мнение я всё же распишу ниже.

С учётом того, что более полумиллиарда пользователей Telegram распределены по 5 основным серверам по всему миру, маловероятно, что дополнительные серверы Telegram будут размещены в Узбекистане. Могут ли наши технические мощности обеспечить достаточную стабильность и пропускную способность — неизвестно.

Считаю ещё важным фактором то, что по сути весь Узбекистан держится на коммуникации в Telegram, тут всё: начиная от групповых чатов школьников и каналов с цитатами и заканчивая официальными каналами государственных ведомств и чатами повышенной секретности и важности (благодаря неоспоримой защищённости коммуникации в Telegram).

Несмотря на это, можно вспомнить, что важную для сотен тысяч пользователей и почти всех серьёзных бизнесов страны социальную сеть уже блокировали год назад. То есть аргумент важности сервиса для населения в тот момент не был достаточным.

Моё интервью изданию Forbes Uzbekistan в тему:

«Локдаун произошел не только в офлайне». Как продвигать бизнес онлайн, когда Facebook недоступен.

Forbes Uzbekistan.

А если всё-таки Telegram заблокируют?

Похожая попытка от Роскомнадзора не увенчалась успехом — на протяжении двух лет ведомство пыталось полностью перекрыть доступ к Telegram, но прокси-серверы и VPN сделали своё дело (а в некоторых случаях мессенджер работал и вовсе без вспомогательных средств) — россияне могли продолжать пользоваться Telegram.
В итоге Роскомнадзор официально разблокировал Telegram на территории России.

В случае попыток частичного или полного ограничения доступа к мессенджеру, думаю, пользователи начнут прибегать к использованию прокси-серверов и тех же VPN.

Помимо осложнения жизни узбекистанцам это может принести и другие негативные последствия.

Так, к примеру, могут участиться случаи злоупотребления условиями блокировки и использования технических средств в корыстных целях (не хочу раскрывать механики) и нанесения большего вреда как отдельным людям/компаниям, так и всему обществу.

Надеюсь, все государственные структуры отнесутся к этому вопросу со всей предусмотрительностью и ответственностью.

А мы с вами продолжим следить за развитием событий. По крайней мере некоторые соцсети уже ограничены в стране.

«Ограничено использование ряда социальных сетей в связи с нарушением требований законодательства при обработке персональных данных граждан Республики Узбекистан»

Государственная инспекция по контролю в сфере информатизации и телекоммуникаций Республики Узбекистан, 2 июля 2021.

Как бы там ни было, Telegram Uzbekistan будет держать вас в курсе всех событий и дальше помогать делать ваше пользование Telegram легче и комфортнее.

P.S. Telegram Uzbekistan открыт и в соцсетях, подписывайтесь:
Facebook Instagram TikTokYandex.Zen.


2 июля 2021 года,
Давронбек Рустамов


⬆️ Вверх

Попытка блокировки Telegram в Узбекистане?


03.07.2021

Вышла статья выше на эту тему.

02.07.2021

Направлено письмо гендиректору «Telegram Messenger LLP» Павлу Дурову от Госцентра персонализации при Кабмине РУз («Узкомназорат»). 

Оригинал письма на 2 языках также отправили и мне. Правда, в графе получателя был указан устаревший адрес офиса Telegram — письмо не достигло адресата.

Насколько мне известно, больше писем направлено не было.

29.10.2021

Президент РУз подписал закон, ужесточающий наказание за нарушение законодательства о персональных данных в Узбекистане. После вступления изменений в силу соцсервисы могли привлечь к административной и уголовной ответственности.

03.11.2021:

  • 19:15. Узкомназорат начал попытки заблокировать Telegram.
  • 19:25. Команда Telegram получила сигнал об этом.
  • 21:00. Telegram принял меры — мессенджер снова работает без прокси и VPN.
  • 21:37. Президента информирован о несогласованных действиях Узкомназората.
  • 22:06. Начальник Узкомназората уволен по вышеуказанной причине.

За это короткое время прокси TeleUz Proxy успели воспользоваться 13 250+ пользователей.

Итог: Telegram работает в нормальном режиме.


3 ноября 2021 года,
Давронбек Рустамов


📢 Поделиться статьёй →

⬆️ Вверх


Report Page