WhatsApp va Telegram messenjyerlarining zaif joylari aniqlandi

WhatsApp va Telegram messenjyerlarining zaif joylari aniqlandi

Kamol To'xtayev

WhatsApp va Telegram messenjyerlarining veb-versiyalari WhatsApp Web va Telegram Web’da foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlari butligiga xatar soluvchi xavfli xato aniqlandi. Bu haqda Check Point Software Technologies matbuot xizmatida ma`lum qilindi.

Xaker ushbu zaif joydan foydalanib, jabrlanuvchiga surat ostiga niqoblangan zararli kod yuboradi. Foydalanuvchi surat ustiga bosganda xaker foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlariga kira oladi, so'ngra bu kodni uning barcha kontaktlariga yuborishi mumkin va shu tariqa katta miqyosdagi hujumni amalga oshira oladi. 

Check Point ma`lumotlariga ko'ra, ayni vaqtda WhatsApp va Telegram muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqdalar.

Report Page