“WeekiHogwarst” loyihasi

“WeekiHogwarst” loyihasi

“WikiStipendiya”

WeekieHogwarts — yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ularning o‘zbek tili rivoji uchun hissa qo‘shish imkoniyatini ko‘paytirish va o‘z qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan loyiha.

Loyiha 25 — 30-sentyabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da tashkil etiladi.

Loyiha qatnashchilari nimaga erishishlari mumkin?

Ushbu loyihada qatnashish istagida bo‘lganlarni Garri Potter asarlariga oid ajoyib atmosfera, shuningdek, bir qator imkoniyatlar ham kutmoqda. Jumladan, loyihada qatnashish orqali siz:

✓ Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayevning tavsiyanomasini qo‘lga kiritishingiz;

 ✓ zamonaviy kasblar va xorijiy tillarni bepul o‘rganishingiz;

✓ hech qanday to‘lovlarsiz IELTS imtihonini topshirishingiz;

✓ OTMlar uchun to‘lov summasini davlat tomonidan qoplab berilishidek imtiyozga ega bo‘lishingiz mumkin!

Bundan tashqari, loyiha g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi.

Loyihada qanday qatnashish mumkin?

❗️ Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lganlar 6-sentyabr soat 12:00 dan 20-sentyabr 23:59 ga qadar o‘zbekcha Vikipediyada yaratgan maqolalari orqali ishtirok etishlari mumkin.

❗️ Loyihada qatnashchilar uchun kichik yosh chegarasi 11 yosh bo‘lib, yuqori yosh chegarasi belgilanmagan. Ayrim yutuqlar uchun 30 yosh qonunchilikda belgilangani istisnodir.
❗️ Har bir talabgor kamida 15 maqola yaratish orqali ushbu loyihada ishtirok etish uchun bellashuvchilar safiga qo‘shiladi.
❗️ Yaratilgan maqolalar maxsus sahifaga yuklanadi hamda hakamlar hay’ati uni ko‘rib chiqadi. (Havola: https://fountain.toolforge.org/editathons/oromgoh)
❗️ O‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tish sahifasiga yuklashingiz so‘raladi. (Havola: https://forms.gle/fFiuXSvQpqLXFk64A)

❗️ Loyihada qatnashish istagida bo‘lganlar o‘zlari bilan shaxsiy kompyuter (laptop) olib kelishlari shart.

❗️ Natijalar e’lon qilingach, saralanganlar bilan loyiha tashkilotchilari bog‘lanadi.

Hamkorlar

 Edu Action Exams Centre — O‘zbekistondagi rasmiy IDP IELTS test markazi;

“Kelajak kasblari” loyihasi —  yoshlarning zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplashga qaratilgan loyiha.

Qo‘shimcha ma’lumotlar: @WeekieHogwarts,

WikiStipendiya loyihasi.

Report Page