Web dasturchi kim ❔

Web dasturchi kim ❔

@junior_developer ✌

Web dasturchi – asosan web ilovalar, web saytlar va brauzerda ishlovchi web dasturlarni yaratish bilan shug’illanadi. Web dasturchilar asosan 2 turga bo'linadi.

1) Front-End dasturchi – web saytning klient qismini ya’ni foydalanuvchilarga ko’rinadigan qismini tayyorlaydi. Yana ham soda qilib aytsak, ihtiyoriy bir saytga kirib ko’ring. Saytda sizga ko’ringan barcha narsani(dizayn, elementlar, bloklar, animatsiyalar) Front-End dasturchilar qilib beradi.

2)  Back-End dasturchi – web saytning server qismini tayyorlaydi. Ya’ni dasturchi saytning asosiy logikasini shakillantiradi. Saytning ichida bajariladigan amallarni(ro’yhatdan o’tish, bazalar bilan ishlash, onlayn to’lovlar) dasturlaydi.


⚙️Web dasturchilarga qo’yiladigan boshlang'ich talablar.

1) Front-end dasturchilar eng kamida:

✅ Html, Css(Sass,SCSS), Bootstrap

JavaScript

React.js, Vue.js, Angular.js(Typscript), Nuxt.js

2) Back-end dasturchilar eng kamida:

✅ JavaScript texnologiyalari (Node.js/Express.Js)

yoki

✅ Python/Django

✅ OOP(Object Oriented Programming) MySql/MongoDB/PostgreSQL

✅ Version control/Git

kabi texnologiyalarni o’zlashtirgan bo’lishi kerak.


💰Web dasturchilarning oyligi qancha?

1) Front-end va Back-end dasturchilar:

a) Junior: oyiga 300$ - 800$ yoki undan yuqori

b) Middle: oyiga 800$ - 1500$ yoki undan yuqori

c) Senior: oyiga 1500$ .... dan yuqori


*Dasturchilarning oyligi haqidagi ma’lumotlar Internet manbalaridagi miqdorlarning o'rtacha hisobida olindi. Maqolada kamchiliklar bo’lishi mumkin. Hech kim xatoliklardan holi emas. E’tiboringiz uchun rahmat.





Report Page