Web Full Stack | JavaScript

Web Full Stack | JavaScript

Idrok ta'lim

Web dasturlash sohasi talabgirligi jihatidan yuqori o`rinlarda turuvchi yonalishlardan biri hisoblanadi. Bilganingizdek, bu yo'nalish ikki qismga bo'linadi: Frontend va Backend.

JavaScript | MERN

Ko'pchilikda tug'iladigan savollardan biri bu "bu ikkala qismini, umuman web yo'nalishini o'rganish uchun qaysi dasturlash tillarini o'rganish kerak?".

Dunyo bo'yicha deyarli barcha veb dasturchilar Frontend uchun JavaScriptdan foydalanib kelishadi va bu yo'nalishda deyarli jiddiy raqobatlasha oladigan dasturlashtili ham yoq. Expertlar Frontend uchun ikkilanmasdan JavaScript dasturlash tilini tafsiya qilishadi. Dunyoning Google, Facebook, YouTube kabi eng yirik loyihalari frontida ham aynan JavaScript ishlatilingan.

Backend uchun ishlatiladigan dasturlash tillari juda ham ko'p, masalan: Python,  C++, Java, JavaScript,  Erlang, D, XHP,  Haskell, Scala va hakazo. Bu tillar ishlash prinspi va qulayligiga qarab tanlanadi. So'nggi yillarni qaraydigan bo'lsak backend uchun Pyton va JavaScript ancha qulaylashtirilyapti. Ayniqsa JavaScript anchayin tez rivojlandi Ko'plab yirik kompaniyalar JS texnologiyalarini tanlashmoqda. Bularga misol kuniga milliardlab dollor tranzaksiya qiluvchi PayPal JavaScriptga o'girilishi, karantindan beri foydalanilishi 104%ga oshgan Netflixning Node.js da yozilgani yoki murakkab algoritmik yechimlar talab qiluvchi Uberning backend qismi uchun ham JavaScriptni tanlaganini misol qilib keltirish mumkin. "O'zbekistondachi?" degan savolga O'zbekistondagi eng yirik to'lov tizimlaridan biri bolgan PayMe ham Node.js texnologiyasida qilingan!


Yuqoridagilarni tahlil qiladigan bo'lsak Web full stack dasturchi bo'lish uchun nega ko'pchilik JavaScriptni tanlayotganini bilib olamiz. JSning ommalashuviga sabablardan asosiysi bu React va Node.js ni ichiga olgan MERN texnoliyalar to'plami. Ya'ni Mongo DB, Express.js, React.js va Node.js. Bundan tashqari yosh dasturchilar Frontend uchun alohida va backend uchun alohida til o'rganish ham murakkablik qilishini hisobga olib JavaScriptni tanlashadi.


Sizga ham Web full stack dasturchi bo'lishingiz uchun JavaScript dasturlash tilini o'rganishngizni tavsiya qilamiz! Agar o'rganmoqchi bo'lsangiz bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Murajaat uchun: +998993739909 | Idrok adminstration

MERN haqida batafsil... | https://t.me/idroktalim





Report Page