VueJs amaliyot
t.me/frontEnd
NDC(ndc.uz) IT kompaniyasi Frontend VueJS bo'yicha Internship e'lon qiladi!
🎯Maqsadimiz:
O'zbekiston va Jahon IT bozoriga foydali va kerakli bo'lgan IT loyihalarni ishlab chiqib yetkazish. Aynan shu maqsad sababli endilikda biz VueJS yo'nalishida o'qib o'rganmoqchi va izlanishlar olib borib yaxshi ish tajribasi va natijalarga erishmoqchi bo'lgan yosh dasturchilarimiz uchun yaxshi amaliyot va muvaffaqiyatli yakunida esa ish bilan ta'minlash maqsadida ushbu Internship'ni e'lon qilamiz.
☝️Nomzodlarga talablarimiz:
- HTML, CSS ni yaxshi bilishi;
- JS bilan xabardor bo'lishi (qancha chuqur bo'lsa shuncha yaxshi);
- Vue 2 bo'yicha qisman bo'lsada xabardor bo'lishi;
- Tillarni bilishi: O'zbek tili, Ingiliz tili (kamida A2);
- Muammoga yechim topa olish qobiliyati;
- Jamoa bilan muloqot qilishi va faol bo'lishi;
- Xaqlarga e'tiborli bo'lishi.
- Beriladigan bilimlarni yaxshilab o'rganish;
- O'zingiz ustingizda dam vaqtlarida ham ishlashingiz;
- Ustoz yo'riqlarini to'g'ri qabul qilish;
- Savol berishdan qo'rqmaslik va savol berishdan avval qisqa izlanishni amalga oshirish shundan so'ng savol berish;
❗️Shartlar:
- Ofisda ishlash (10:00-19:00) (agar biron joyda o'qisangiz va tortib keta olishingizga ishonsangiz unda part time bo'lsa ham murojaat qilavering);
- Amaliyot bepul bo'lib, amaliyot yakunida texnik suhbatdan va amaliyot vazifasini muvaffaqiyatli bajargan amaliyotchiga ishda qolish taklifi beriladi;
❕Resume yuborish qoidalari:
1. Resume qoidalariga asosan yozilgan bo'lishi kerak (istasangiz resume.io sayti orqali resumeni yasab linkini share qiling)
2. Resume'ingizni (agar resume.io orqali bo'lsa linkini, agar o'zingiz yozib chiqgan bo'lsangiz pdf shaklida) telegram orqali @ndcPM accoutiga "Amaliyot yo'nalishi Frontend VueJS" deb yozib jo'nating;
2. Javobni kuting In shaa Alloh albatta jo'natmangiz javoblanadi;
✅Nomzodlarni tanlash bosqichlari:
1. Siz yuborgan Resume o'rganib chiqiladi;
2. Resume orqali ma'qul deb topilganlar bir guruhga yig'iladi va HTML, CSS va JS bo'yicha bilimingizni tekshirish uchun muddatli vazifa beriladi;
3. Vazifani topshira olganlarning vazifasi tekshiriladi;
4. Vazifasi qabul qilinganlar texnik suhbatga chaqiriladi;
5. Texnik suhbatdan o'tganlar 3 oylik amaliyotga qabul qilinadi.
(texnik suhbatda kichikroq vazifa ham berilishi mumkin)
📚Amaliyotda sizga quyidagi bilimlarni o'rgatamiz:
- Vue 2;
- Vuex;
- Reactivity;
- Nuxt 2;
- Store;
- SSR;
- Vue Router;
- Vue 3;
- Options Api;
- Composition Api va yana bu yerda nomi keltirilmagan qo'shimchalar.
🪓Biz rad etamiz:
- Agar Resume to'g'ri va to'liq yozilmagan bo'lsa;
- Agar Resume ko'rib chiqish vaqtida mos kelmasangiz.
🎉Agar amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlasangiz sizga taklif qilinadigan ish taklifi (job offer) 200$ dan boshlanadi.
Tezroq shoshiling Resumeni oxirgi qabul qilinish muddati 20-Fevral 2024-yil soat 18:00!
Barchaga omad🎁
Resumeʼni @ndcPM akauntiga yuboring!
Bizga qo'shiling > @FrontEnd