#Vorislar_2
Bu_Yure
8-Qism
Uyidan chiqib bekat tomonga yugurib ketayotgan edi kimdir qoʻlidan ushlab toʻxtatdi.
— Bu qanaqasi... Sen ketmaganmiding.
— Yoʻq, seni kuttim – dedi Yoʻndoʻ boshini qimirlatib.
— Bas qil! Ortimdan yurma. Yonimga kelma. Tinch qoʻy!
— Nimalar diyapsan. Baribir bitta joyga boramiz. Birga ketsak nima boʻladi...?
Yoʻndo shunday deb Yureni qoʻlini qoʻyib yubordi. Ikkisi ham bekat yonida avtobus kelishini kuta boshlashdi.
— Yure...
— Nima...
— Kel maktabga bormaymiz.
— Yanachiii? - dedi yuzini burishtirib.
— Mayli. Lekin darsdan keyin toʻgʻri uyinga bor.
— oʻzim bilaman.
— Men boshliq sifatida buyruq beryapman. Bugun YunYure ismli qizlar mehmonxonaga kiritilmaydi.. - Yure jilmayib:
— Ahmoqlik
— Sen poygada yutishing kerak.
— Yutaman ham...
— Bir oz dam ol. Hoʻp!

Yure bu safar indamadi. Ular avtobusda kollejga borishdi. Darsni yarmidan soʻng Yoʻndo koʻrinmay qoldi. Darsdan soʻng Yure mehmonxonaga bordi lekin chindan ham Yoʻndo uni kirgizishni taqiqlab qoʻyibdi. Yure gʻazablangancha ustaxonaga qarab yoʻl oldi.

— Nimadr boʻldimi?
— Yoʻndo kelmadimi?
— Yoʻq. Kelishi kerakmidi?
— yoʻq. Nima qilyapsizlar...
— Mana bu mashina yurganda taqqillayapti ekan. Shu bilan olishyapmiz.
— Sarnigi oʻlgandir.
— biz ham shunday deb oʻylab yangi sarni qoʻydik. Foydasi boʻlmadi.
— Haa... Balki pumpani almashtirish kerakdr?
— sen bular haqida oʻylama. Kel bu yerga oʻtir! Chargandrsan. Bir oz dam ol
— Nima barchangiz kelishib olganmisiz.
Pov.Yure
Nima barchasi kelishib olishganmi? Dam ol chargansan. Ishga kelma! Nima yosh bolamanmi? Bilaman menga qaygʻurishyapti. Lekin buni keragi yoʻq. Chunki oʼzimga yoqadigon ishni qilyapman. Poyga. Bu meni jonu dilim! Bu paytdagi shamol shiddati butun vujuding bilan qovushib huddiki yelkangdagi qanotga aylanadi. Temooni qilgan ishidan soʻng katta poyga bilan hayrlashib oʻqishga urundim. Aslini olganda oʻqishim kerak. Hayot meni qaysi yoʻlga boshlasa soʻzsiz taslim boʻlib oʻsha yoʻldan yuribman. Hayotimda menga chindan ham gʻamxoʻr insonlarni borligi meni quvontirsada ular meni deb aziyat chekishi mumkunligi sabab ularni eng avval oʻzimdan asrashim zarur!

Pov.Avtor
Kech tushib barcha poyga boʻladigon joyda yigʻilishdi. Yure Sojun, Sonu, Chan... Lekin Yoʻndo kelmadi. Ular bir joyda toʻplanib turishar ekan Yure ulardan bir oz uzoqda turgan Temooni ayyarona jilmayib turganini koʻrib doʻstlarining davrasini tark etib uni yoniga bormoqchi boʻldi. Lekin keyin uni topa olmadi. Poygachilar kiradigon joyga uni kirgizishmadi.
— Hoy qanaqasiga ismim yoʻq boʻladi. Qara yaxshilab. YunYure.
— Nega buncha shallaqilik qilasan. Bu yerda isming yoʻq. Demak qatnasholmaysan.
Yure jahl bilan uni yoqasidan oldi
— Men hozr shu poygada qatnashishim kerak tushundingmi?

Temoo irshaygancha ularni yoniga keldi. Yure uni koʻrishi bilan yuzi battar burushib oʻzini uni yoniga otdi. Uni siltagancha
— Menga oʻyin qilyapsanmi? Yana oʻsha maraz oʻyinlaringni boshladingmi... iflos...
Sojun arang Yureni toʻxtatib qoldi..
— Oʻzingni bos Yure oʻzingni bos. Yeonjun unda.... - deb unga sekin shivrladi.
— Yana nima hohlaysan It
— Tilingga erk berma honimcha... Shunchaki boshqasi bilan ancha manfaatli kelishuv tuzdim...
— Meni ahmoq qilyapsanmi?
— U uchun ancha qadrli koʻrinasan. Qarmogʻinga tilla baliq ilintribsanda - deb kuldi va uni qulogʻiga past ovozda gapirdi – bu hayot joningga tegib avvalgi hayotingni qumsab qoldingmi? U buni bilmasa kerak...

Yure bir zumga badanini sovuq ter bosdi. Temooga bor gʻazabi bilan tikilib
— Kim... Kim oʻrnimni egalladi? – deb baqrdi
— Buni aytolmayman... Shunga kelishdik. Haa anavi ukangni endi menga keragi yoʻq. Oʻzinga buyursin....
Yure Temooga gapirishdan foyda yoʻqligini sezib ortga burildi va hech bir ogohlantirishsiz qoʻyilgan panjaradan bir urinishda oʻtdi. U yerdagi qorovullar uni orqasidan quvlashdi. Toʻgʻri kiyinish xonasiga bostirib kirdi. U yerda poyga qatnashchilari kiyinayotgandi.
Yure “Kim. Kim meni oʻrnimga qatnashishi mumkun. Yigitlarni hammasi yonimda" shu hayollar bilan hammani yuzini tekshirib chiqdi. Kiyinayotgan bittasi uni etiborini tortdi. Soqchilar ham shu yerga kirishgandi.
— Lanati - degancha oʻsha yigitni yoniga bordi. Egniga kiyimini kiyib ulgurmagan yigitni oʻziga qaratdi.

— Sen.... esingni yedingmi? – zarb bilan ochiq turgan shikaf eshigini yopti. Barcha ularga qarardi.
— Heey buyerda erkaklar kiyinyapti... - Yoʻndo atrofga alanglagancha jahl bilan gaprdi - yoki yechinayotgan erkaklar ichiga kiradigon darajada ahmoqmisan...
Yure uni gapiga hatto parvo qilmadi
— Hoziroq voz kechasan. Oʻzim qatnashaman.
— Buni iloji yoʻq.
— Nega ekan...?
— Chunki hozr seni olib ketishadi – deb soqchilarga ishora qildi.
— Jahlimni chiqarma Yoʻndo. Bunga haqqing yoʻq edi.
— Mendan bunchalik havotr olishing shartmas. Tezroq ket boʻlmasa atrofdegilar nigohlari bilan seni yeb qoʻyishyapti.
— Tentak...
Soqchilar Yureni ushlab olib chiqmoqchi boʻlishdi
— Yoʻqol. Ol qoʻlingni oʻzim chiqaman....

Yure vaqtni choʻzish uchun mayda qadamlar bilan shoshilmay yurdi. Bu orada poyagachilarni maydonga chaqirishdi... Yure soqchilarni chalgʻitib Yoʻndoni yoniga bordi. Mototsiklga oʻrnashib endigina shlemini kiygan Yoʻndo uni koʻrib shlemini yechdi...
— Yaxshi unda birga qatnashamiz.

Yoʻndo qizni belidan ushlab oʻziga tortdi. Hayratlangancha yigitga boqar ekan ayni damda Yure oʻzini ojizdek his qilardi. Lekin bu unga yoqmadi...
— Nega asrashga uringanim sari oʻzingni oʻqqa tutyapsan. Meni jahlimni chiqarishni bas qil!

— Men jahlingni chiqaryapmanmi? Yaxshi mayli koʻramiz qayergacha borarkansan Chhve Yoʻndo – deb kinoya bilan gapirib Yoʻndoni qoʻlidan chiqishga urindi. Yigit esa yanada oʻziga tortdi
— Agar yutsam uchta tilagimni bajarasan... – Yure kulib
— Nima men senga chiroqdagi jinmanmi ...
— Yoʻq tilak bajaruvchi pari...
— Yaxshi... Sen aytgandek boʻlaqolsin...
— Vada ber..
— Men Vaʼda bermayman. Men bir soʻzli odamman. Aytgan gapimni ustidan chiqaman!
Poyga boshlandi.

Yure yigitlar bilan poygani tomosha qilar ekan Yeonjun kelib ularni safiga qoʻshildi. Yure uni koʻrib bagʻriga bosdi. Yure ukasi bilan xuddi ancha yildan beri koʻrishmagandek bir birini quchib toʻyishmasdi.

Sojun Yeonjunni boshiga bir urib:
— Keldingmi toʻpalonchi?! - dedi.
Barchasi yana bor etiborini ekranga qaratishdi. Oʻnikkita ishtirokchidan atiga toʻrttasi qolgandi.
— Ehh lanati... Godzi avvalgidan ham vahshiylashib ketibdi. - Yure qoʻlini mushtlagancha gʻazab bilan gapirdi.
— Yure oʻzingni bos. Ishonchim komil u yutadi...
— Menga uni yutish yutmasligini qizigʻi yoʻq. Sogʻ qolarmikin... – Yure ohirida tabassum qilgan boʻlsada koʻzidan havotrini sezish qiyin emasdi. – ikki marta qattiq zarba yedi. Mototsikl chidarmikin... - deb qoʻshimcha qildi.

Yoʻndo ikkinchida ketar ekan Godzi uni ham boshqalari singari yoʻq qilishga urinardi. Raqibi Yoʻndodan oʻzish oʻrniga unga zarba berib yiqitmiqchiligi Yoʻndoni palapartish harakat qilishiga sabab boʻlardi. Ular yonma yon ketar ekan Yoʻndo zarbalarga chap berib oldinga intilardi. Marraga yaqin qoldi. Godzi irshaygancha unga bor kuchi bilan zarba berdi. Ammo kutilmagan zarba tasirida Yoʻndoni mototsikli yonboshga emas aksincha oldinga aylangancha uchib tushdi... Raqibini sharofati bilan marrani uni mototsikli bosib oʻtdi. Lekin avariyadan qay holda chiqishi nomalum. Mototsikl tutar ekan barcha vahima qilgancha undan uzoqlashishdi... Sojun va Yure shoshgancha u tomon harakatlanishdi. Sojun Yoʻndoni bosib qoʻygan mototsiklni olib tez orada portlashi mumkunligi uchun oʻzlaridan uzoqroqqa itarib yubordi. Yure esa Yoʻndoni quchogʻiga olgancha uni turgizishga urinardi. Yoʻndo shu holida ham koʻzini arang ochgancha Yurega holsiz jilmaydi... Va juda past ovozda
— Men birinchi keldm... - dedi.
— Hoy maqtanma. Bu ishni xatto yosh bola ham eplay olardi... - deganicha koʻz yoshlarini yashirishga urindi.
Sojun Yoʻndoni yelkasiga mindrgancha maydondan chiqib ketishdi. Bu yerdan uzoqlashishar ekan mototsikl ham yonib ketdi. Atrofdagi tomoshabinlar ham vahima qilgancha bu yerdan tarqalishdi..
Bu ham aslida tungi hayotning jirkanch koʻrinishlaridan biri...
Kim oʻladi kim qoladi buni farqi yoʻq. Bu poyga yuqorisidagilar buni oqibati haqida hayolini bir chetiga ham keltirishmaydi. Oʻrtaga katta pul tikib yoshlarni bunga jalb qiladi... Hozr Yoʻndo birinchi keldi. Nima uni sharaflagancha boʻyniga tilla osib butun halqqa oʻrnak qilib koʻrsatishadimi? Mukofot pulini ham aslida Temoo oladi. Toʻgʻri aslida Yoʻndoga ham Yurega ham bu pullarni keragi yoʻq. Lekin... Shunchaki bari bemantiq... 🥀