Voleybolchilarimiz CAVA “Chellenj СUP” musobaqasiga kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi

Voleybolchilarimiz CAVA “Chellenj СUP” musobaqasiga kumush va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi


Bugun erta tongda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi a’zolari Bangladeshdan qaytib kelishdi. Ular Bangladeshning Dakka shahrida tashkil etilgan CAVA, ya’ni Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasi shafeligidagi “Chellenj СUP” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.


Nufuzli musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldilar. Ular turnir davomida faqat Nepal terma jamoasiga imkoniyatni boy berishdi, qolgan barcha o‘yinlarda vakillarimiz tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tgan o‘yinlarda esa o‘zbekistonliklar bronza medalini qo‘lga kiritishdi.


Bugun erta tongda voleybolchilarimiz Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida mamlakatimiz sport delegatsiyasini Turizm va sport vazirligi hamda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi vakillari, sportchilarimizning yaqinlari hamda OAV xodimlari kutib olishdi.


Report Page