Vistula Universiteti

Vistula Universiteti

Youth for the Future

Shahar: Varshava, Polsha

Boshlanish vaqti: Oktyabr oyida

Kontrakt narxi 2.500 evro

Ta'lim tili: ingliz tili

O'quv dasturlari: bakalavr va magistratura

Xalqaro talabalar orasida mashhur bo'lgan ushbu universitet 1996 yilda tashkil etilgan va Polshaning birinchi xususiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Vistula universiteti Polsha Respublikasi Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi va Davlat akkreditatsiyadan o'tgan. Universitet bir necha yo'nalish bo'yicha ingliz va polyak tillarida dasturlarni taklif etadi. Vistula Universitetida tahsil olayotgan talabalar 60 dan ortiq turli mamlakatlardan kelgan talabalar bilan xalqaro muhitda o'qish uchin ajoyib imkoniyatga ega bo'ladilar. Jozibali o'quv dasturidan tashqari, universitet o'z talabalariga stajirovkalar va Erasmus kabi xalqaro dasturlarda ishtirok etish imkoniyatini taklif etadi. Bundan tashqari, COOPEDU dasturi orqali IBM, Microsoft, Aster va Oracle kabi ko'plab taniqli kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Bu hali hammasi emas. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz-u lekin IELTS sertifikatini olishga ulgurmagan bo'lsangiz, universitet tomonidan tashkil etiladigan video intervyu orqali ham o'qishga kirish imkoniga egasiz.

Kerakli hujjatlar:

IELTS 5.0 va undan yuqori yoki ichki imtihon

zagran pasport

Diplom yoki attestat apostili

3.5x4.5 oq fonda rasm (elektron formatda)


Afzalliklari: Yashash uchun ketadigan harajatlar Yevropaning boshqa davlatlariga qaraganda ancha arzon. Ish topish masalasi deyarli yo'q. Bu yerda ko'plab katta korporatsiyalar ofislari joylashgan, jumladan Google, IBM va hokazolar. Ta'lim sifatining yuqoriligi. Universitet tomonidan taqdim etiladigan ko'plab dasturlarda qatnashib, chet mamlakatlarida ERASMUS dasturi orqali o'qish.


Fakultetlari:

Iqtisodiyot 2500 evro

Ingliz tili tatqiqodlar 2000 evro

Moliya va bugalteriya 2500 evro

Grafika 200 evro

Xalqaro aloqalar 2500 evro

Jurnalistika va aloqa 2500 evro

Menejment 2500 evro

Arxetiktura 3000 evro

Kompyuter injeneyring 2500

Turizm 2500 evro



Report Page