Violent lover

Violent lover

Lee bona.

Sen mening quyoshimsan...Hech kim quyoshsiz yasholmaydi...Ayniqsa, bu quyoshni sevib qolgan boʻlsa...Sen mening qalbimdasan...

Pov Avtor...

Maktab. Xonaga ustoz bir oʻquvchi bilan kirib keldi.


~Salom oʻquvchilar, hammani yangi oʻquv yili bilan tabriklayman. Sinfga yangi oʻquvchi keldi. Chiqishib ketasizlar degan umiddaman. Bona hozircha Jiminning yoniga oʻtira tur agar istasang ertaga boshqa joyga oʻtib olishing mumkin


Uztoz shunday deb partaga boshini qoʻyib uxlayotgan Jiminni koʻrsatdi Bona ham ustozga hop deganday borib Jiminni yoniga oʻtirdi. Bonaga hamma qizlar boshqacha nazar bilan qarar edi chunki u sinfdagi qizlardan goʻzalroq, qomati ham havas qilgudek edi


Bona.


Oldi partada oʻtirgan ikki dugonaning yonidan Bona oʻtib ketar ekan ularning biri Mira, yonida oʻtirgan dugonasini turtkilab gap boshladi


~Yuna, yangi kelgan qizni koʻrdinmi

Yuna kitobdan koʻz uzmasdan Miraga javob berdi

~ha koʻrdim, chiroyli qiz ekan

~chiroyli boʻlgani bilan negadir gʻalati emasmi

~Mira agar yana gʻiybat qilmoqchi boʻlsang menga ortiq gapirma,meni chalgʻityapsan bu yil maktabni bitiramiz instutga kirish kerak sen esa mana bu miyyangni boʻlmagʻur narsalar bilan band qilyapsan undan koʻra oʻqishingni oʻqi birov bilan ishing boʻlmasin

Mira.
Yuna.




Mira Yunaga javob qaytarmadi va yana Bonaga qaray boshladi.


Pov Bona...


Mana yangi maktabga ham keldim, lekin bu yerdagilar meni yaxshi kutib olishmadi xuddi oʻylaganimdek oldingi maktabimda ham shunday edi. Endi bu yerga ham koʻnikaman. Ustoz aytgan joyga borib oʻtirdim yonimdagi inson xatto men kelganimni ham sezmasdan uxlar edi, uni yuzini koʻra olmadim menga faqat sariq mallarang va uzun sochlari koʻrinib turar edi, sochiga qaraganda oʻzi ham sarigʻvoy bolsa kerak.... Men hayollar bilan band boʻlganimda ustozning baland ovozdagi gapi oʻy hayollarimni tarqatib yubordi.


~oʻquvchilar bu yil sizlarning oxirgi oʻqish yilingiz shuning uchun faolroq boling darslarga yaxshi etibor bering imtihonlarni aʼlo baholarga topshiring... Endi esa bugungi mavzuni boshlaymiz


Uztoz mavzuni juda ham qiziqarli oʻtardiki xatto yoqtirmagan darsim bolsa ham mavzuga berilib kettim oradan 15 daqiqacha oʻtdi ustoz aytgan maʼlumotlarni birma bir daftarga tushirar ekanman yon tomonimdan bir bolaning uyqisiragan ovozi keldi, u tomonga oʻgirildim, yonimdagi sariqsoch uygʻongan edi, u haqida notoʻgʻri oʻylagan ekanman u men oʻylaganimdan umuman boshqacha edi,uning yuzi oppoq va kichik edi, yanoqlari biroz qizargan koʻzlari misoli oʻt kabi oʻziga chorlardi lablari qirmizi biroz shishga unga juda ham yarashgan... men unga qarab hayol surar ekanman u yana gapira boshladi

Jimin.



~sen kimsan

~men yangi oʻquvchiman, ismim Bona kelganimda uxlayotgan ekansan seni bezovta qila olmadim lekin ket desang ham keta olmayman bu yerda boshqa joy yoq ekan

~menga qzigʻi yoq oʻtirsang oʻtiraver, faqat shovqin qilma

Jimin menga gapirib boʻlgach yuzini yana boshqa tomonga burib uxlashni boshladi, nahotki odam ham shunchalik begʻam boʻlsa xatto ustoz bor yoʻgʻligiga ham qaramaydi hah oʻrgildim


Darslar tugadi yonimda oʻtirgan uyqichini esa 3 soatdan soʻng qorasini ham koʻrmadim maktabdan chiqib Koreani biroz aylanmoqchi boʻldim oʻzimning sevimli joyim sirdoshim doim hamma gaplarimni indamay eshitadigan sohilga bordim. Oxirgi marta bu yerga 2 yil oldin kelgan edim, ahhhh uni juda sogʻinibman, uning toza havosi, chagʻalaylar chugʻurrlashi, uzoqroqda korondok sotayotgan amaki hech qaysisi oʻzgarmagan hammasi avvalgidek, endi bu yerga avvalgidek tez tez kelib turaman


Pov Avtor...


Bona sohil boʻyidagi skamekalardan biriga oʻtirdi va qulogʻiga quloqchin taqib sokin musiqa qoʻydi, uning qarshisidagi sohil qulogʻiga kirayotgan musiqa kabi sokin va tinch edi sohil ham Bonaga "men ham seni sogʻindim" deganday goh gohida toʻlqinlanar edi


Pov Bona...


Hayollar ogʻushiga berilib oʻtgan umrimni sarhisob qilib bugun bolgan voqealarni unchalik qziq boʻlmasada yon dafatarimga yozar edim, birdan bir qulogʻimdagi qoʻshiq ohangi pasayib kimdur qulogʻimdan uni olib qoʻydi yonimga qarasam maska va koʻz oynakda bir odam oʻtirar edi, qulogʻimdagi quloqchinni olib oʻzinikiga tiqdi men unga soʻngi bor qaradimu hayollarim chalgʻimaslgi uchun yana daftarchaga yoza boshladim

~nima yozyapsan?

Menga kelgan savoldan song yana u tomonga qarashga majbur boʻldim


~hech narsa shunchaki kundalik holos, oʻzing nega bu yerdasan)

~eshitayotgan qoʻshigʻing ajoyib ekan


Men undan boshqa javob kutgandim, lekin unday boʻlmadi u qoʻshiq haqida fikrini aytib bu yerni tark etdi, men esa yana unga etibor bermay yozishni davom ettirdim......

Chamasi sohilga 2 soatcha termulib oʻtirdim hammayoq tinch lekin bu jimjitlikni telefonga kelgan qoʻngʻiroq ovozi buzdi, telefonga qaraganimda akamni qoʻngʻiroq qilayotganini koʻrdim va darhol qoʻngʻiroqqa javob berdim


~Bona qayerlarda yuripsan, soat nechi boʻldi darsdan qachon chqishing kerak edi oradan ikki soat vaqt oʻtib ketdi


~aka men biroz sayr qildim, hozir sohildaman, 15 daqiqada uyga boraman, mendan havotir olmang


~ tezroq kel) akamga javob qaytargunimcha telefon oʻchdi... Men akamni jahlini chiqardim, bugun ogʻir kun boʻladi shekilli,jazolanishini aniq


Bona shunday oʻy hayollar bilan uyga yoʻl oldi. Sohil bilan uy oʻrtasida yarim soatlik yoʻl bor edi. Quyosh koʻrinmay qoldi uning oʻrnini endi chiqayotgan oy egalladi. Tungi Seoul koʻchalari odamlar bilan gavjum baʼzilar ishdan uyga qaytayotgan baʼzilar esa endi ishga ketayotgan. Buringa urilgan mazali taomlar isi esa odamni ishtahasini ochib yuborar edi. Koʻchada mashinalar ham kam emas edi. Ayniqsa koʻchada esayotgan mayin shabboda odamni bu koʻchalardan yana yurishga undardi. Bu judayam goʻzal manzara edi


Night Seoul



Pov Bona....


Vanihoyat shahardan uncha uzoq boʻlmagan akam bilan yolgʻiz yashaydigan kichik uyimga yetib keldim. Akam uxlagan degan umiddaman. Shunday oʻy hayollar bilan uyning biroz kraskasi oʻchgan eshigini ochib uyga kirar ekanman hammayoq jimjit edi. Huh... hoynahoy akam ham uxlagan boʻlsa kerak. Sekinlik bilan xonamga kirdim. Ammo xonada menga qarab oʻtirgan sovuq nigohlardan hozir qandaydir noxush voqea boʻlishini sezib turardim.


Kai (Bonaning akasi).


Kai: nega kech qoldin, nega beruxsat sohilga bordin

Bona: Aka... M...mmen

Kai: nima sen gapir

Bona: shunchaki biroz aylandim. U yerlarni sogʻingan ekanman shuning uchun bordim. Sizga aytmoqchi edim, lekin siz telefonga javob bermadingiz

Kai: javob bermasam qayerga boʻlsa ham ketaverasanmi, javob bermadimmi demak uyga kelish kerak edi. Sen esa qayerlardadir sangʻib yuripsan balki biror bir yigit bilan borgandursan

Akamni bu gapidan soʻng koʻzimdan beixtiyor yoshlar chiqa boshladi. Akamning bu gapi yuragimga ogʻir botdi. Zoʻrgʻa nafas rostlab past ovozda akamga javob qaytardim

~aka bbbbu nima dddeganiz nahotki shu gaplar hayolingizga kelgan boʻlsa

~ha boʻlishi mumkin emasmi, onang ham bir foxisha edi sendan nimani kutay

~aka iltimos bas qling ortiq sizni bunday gaplaringizni eshitishni xoxlamayman

~xoxlamaysan, yaxshi unda endi kamarim gapiradi bugun seni urmayman deb oʻzimga vada bergan edim lekin adashgan ekanman oʻzinga oʻzin tilab olding


Pov Avtor....


Kai belidagi kamarni boʻshatdi. Bonani koʻzidan tomchilab chiqayotgan koʻzyoshlari esa tezlasha boshladi ammo u Kaiga indamasdan hissiz odam kabi qarab turardi. Bona Kaidan urmasligi uchun kechirim soʻrashi mumkin edi lekin unga yalinib gʻururini toʻkkisi kelmadi. Kai esa vaxshiylarcha Bonani qoʻllarini bogʻlab, oyoqlariga kamar bilan ura boshladi, gʻururi kuchli boʻgani bilan ammo ogʻriqlarga bardosh bermay ingirab yigʻlashni boshladi, oyoqlariga ogʻriq kirib uni tortib oldi buni koʻrgan Kai uning qoʻllarini boʻshatdi soʻng qolgan joylarini ham ayamasdan kaltakladi. Kai hech qachon Bonaning yuziga va boʻyniga urmasdi. Bundan Bona ham hayron qolardi. Balki uning kaltaklanishini boshqa birovlar sezmasligi uchundir.


1 qism tugadi


Lee Bona


Report Page