“Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetida “Karyera kuni” boʻlib oʻtdi.

“Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetida “Karyera kuni” boʻlib oʻtdi.


14-aprel kuni “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda yuzlab bakalavriat hamda magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirga fakultet bilan doimiy aloqalarni оʼrnatgan 20 tadan ziyod Respublika sanoat tarmogʻining asosi bоʼlgan zavod hamda xususiy korxonalaridan kadrlar masalalari bоʼyicha masʼul mutasaddilar tashrif buyurishdi.

Institut rektori B.Sh.Usmonov talabalarga boʻsh vaqtlaridan unumli foydalanishlarini, oʻz ustilarida ishlab, til oʻrganishlari, zavod, fabrikalarda “oyliksiz” ishlasalar-da ish oʻrganishlari haqida taʼkidlab, tadbirni ochib berdilar.

Korxonalardan tashrif buyurgan vakillarni institutda koʻrib turganliklaridan xursandliklarini, oʻzaro hamkorliklar rivojlanishini aytib ularga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbir davomida korxonalardan tashrif buyurgan mutaxassislar navbatma-navbat soʻz olib, oʻzlari faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilot, zavod haqida batafsil maʼlumot berdilar. Hozirgi kunda korxona va tashkilot, zavodlarga zamonaviy fikrlaydigan, bilimli, intiluvchan kadrlar kerakligini taʼkidlab, talaba yoshlarni ishga taklif qildilar.

Tadbir yakunida korxonalardan tashrif buyurgan mutaxassislar ishlash istagida boʻlgan talabalar bilan suhbat olib borib, bilimli, intiluvchan, oʻz sohasidan xabardor yoshlarni korxona tashkilot va zavodlarga ishga taklif qildilar.



Report Page