Viloyatdagi tibbiyot muassasalariga quyosh panellari oʻrnatilmoqda

Viloyatdagi tibbiyot muassasalariga quyosh panellari oʻrnatilmoqda

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Mamlakatimizda 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qoʻshimcha talab bor. Kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt-soatga oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda eng samarali yoʻl — uy, korxona, bogʻcha, maktab va shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni koʻpaytirishdir. Shu boisdan, Toshkent viloyatida ham qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini keng joriy etish, bu borada aholini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda

 

Shu maqsadda, viloyatdagi 54 ta oilaviy shifokorlik punkti poliklinikalariga zamonaviy quyosh elektr panellari oʻrnatish uchun mablagʻlar ajratildi. 


Shuningdek, mahalliy byudjetning iqtisod qilingan qismidan Chinoz tumani tibbiyot birlashmasiga elektr transfarmator oʻrnatish, Parkent tumani Tibbiyot birlashmasining xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 15 turdagi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, 2-sonli viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasining moddiy texnik baʼzasini mustahkamlash uchun ham mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda.




Report Page