Viloyat yoshlari hayotida yangi sahifa ochiladi

Viloyat yoshlari hayotida yangi sahifa ochiladi


Buxoroda ikkinchi marotaba o’tkazilayotgan “Buxoro shahri kuni” festivali doirasida “Buxoro – kecha, bugun, ertaga” mavzusida yoshlar forumi ham tashkil etildi. Forumda Oliy ta’lim muassasalari, o’rta-maxsus kasb-hunar kolleji talabalari, ta’lim mussasalaridagi Boshlang’ich tashkilot yetakchilari viloyat hokimi o’rinbosari, shahar hokimiga viloyatni turli sohalar bo’yicha rivojlantirishga qaratilgan 40taga yaqin loyihalarini amalga oshirish taklifi bilan chiqishdi.

-Buxoro turistik shahar ekanligi hammamizga ayon, - deydi 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich tashkilot yetakchisi Jahongir Norov. Buxoroga bo’lgan qiziqishni oshirish, turistlar oqimini yanada kengaytirish uchun har o’nminginchi chet ellik sayyohga bepul turistik xizmat ko’rsatadigan bo’lsa, foydadan xoli bo’lmaydi. Bu ham bir reklama turidir.

Har bir taklif etilgan loyiha viloyatda turli xil sohalar taraqqiy etib, rivojlanishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

- Tibbiyot instituti talabasiman, - deydi Azizbek Inoyatov. Yurtimizda tibbiyot sohasida, ayniqsa, tibbiy malakali kadrlarni voyaga yetishtirish yo’lida ko’pgina islohotlar olib borilmoqda. Tajriba almashish har doim muhim bo’lganidek, men viloyat rahbarlariga O’rta Osiyo xalqlari tibbiyot talabalari forumini tashkil etishni taklif sifatoda olib chiqdim. Bu orqali biz, ham tajriba almashamiz, xato va kamchiliklarimizni bilamiz. O’zimizning faoliyatda yangi sahifa ochamiz.

Mazkur forum viloyat hayotida tub burilish yasashi shubhasiz.

Zarnigor Nafiddinova

Azamat Kattayev olgan suratlar



Report Page