Viloyat hokimi o‘rinbosari Do‘stlik mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Viloyat hokimi o‘rinbosari Do‘stlik mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi


Avval xabar berganimizdek, Piskent tumani Do‘stlik mahallasida Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Barhayot Meliyevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman hokimining tegishli o‘rinbosari, Xalq qabulxonasi, kommunal sohalar mas’ullari hamda Do‘stlik mahallasidan 30 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. Mahalla yo‘llarini ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ustunlarini yangilash, Toza hudud korxonasi faoliyatidan shikoyatlar va shu kabi masalalar yuzasidan 15 ta mutojaat qabul qilindi. Yaroqsiz simyog‘ochlarni yangi beton ustunlarga almashtirish, 408-qaror asosida ichimlik suvi tarmog‘i qurilishini jadallashtirish bo‘yicha murojaatlar ijobiy hal etiladigan bo‘ldi. Yechimi qo‘shimcha ravishda o‘rganish talab etiluvchi murojaatlar borasida mutasaddilarga aniq muddat asosida topshiriq berildi.


Report Page