Viloyat anjumani

“Farhod” madaniyat saroyi kirish qismi Mustaqilligimizning 30 yilligi bayrami ruhida bezatilgan. Saroyga kiraverishda mehmonlarni karnay-surnay navolari ostida kutib olishdi. “Farhod” madaniyat saroyi foyesida yozgi dam olish oromgohlarida faoliyat yuritgan to‘garaklar ko‘rgazmasi, 2021 yilgi sog‘lomlashtirish jarayonidan fotolavhalar tashkil etildi.
Bu yil ham ushbu an’anani davom ettirgan holda, “Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi tashkiotchilari hamda bolalar oromgohlari xodimlari” ko‘rik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash Anjumanini o‘tkazildi.
Anjumanni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat Kengashi raisi Tog‘ayeva Nazira Mamanazarovna ochib berdi. 2021 yilgi yozgi mavsumni samarali tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan viloyatga biriktirilgan vakil Safarov G‘ulom Yakubovich xam tanlov g‘oliblarini tabriklab, nutq so‘zladi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Normurod Isoqov ham so‘zga chiqib oromgohlarda ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda, bolalarimizga ilm-tarbiya berishda o‘z kuchi va bilimini ayamagan, ustozlarimiz, ya’ni tarbiyachi va to‘garak rahbarlarini tabrikladi.
Hammamizga ma’lumki, «Eng namunali bolalar oromgohi» va «Bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumi tashkilotchilari hamda bolalar oromgohlari xodimlari» ko‘rik-tanlovi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va faoliyat ko‘rsatayotgan, mulk shakli va qaysi idora tasarrufida ekanligidan qat’iy nazar, bolalar oromgohlari o‘rtasida har yili o‘tkaziladi.
Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta’minlash bo‘yicha viloyat Muvofiqlashtiruvchi guruhi ko‘rik-tanlovning tashkilotchilaridir. Zero, bugungi kunda bolalar zamonaviy, shinam, barcha talablarga javob beradigan dam olish oromgohlarda xordiq olishadi. Ayni yozning jazirama issig‘ida bolajonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati oshirilgan. Yoshlarimizga sifatli ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, umuman har tomonlama barkamol bo‘lib rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi bilan birga, ularni dam oldirish va sog‘lomlashtirish jarayonining sifati ham yildan yilga oshib bormoqda. Shu jumladan bizning viloyatimizda ham joriy yilda tasdiqlangan oromgohlar Dislokatsiyasiga asosan 12 ta statsionar oromgohlarda 14 ming 486 nafar, Navoiy kon metallurgiya kombinati tasarrufidagi 5 ta kunduzgi oromgohlarda 1 ming 380 nafar jami 17 ta oromgohda 15 ming 866 nafar bolalarni sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan edi.
Mavsum davomida 11 ta shahardan tashqari oromgohlarda 8 ming 398 nafar, kunduzgi oromgohlarda 1 ming 092 nafar, jami viloyat bo‘yicha 9 ming 490 nafar bola dam oldirilib, viloyat rejasi 59,8% dan ortig‘iga bajarildi. Bu ko‘rsatgich har yilgining yarmini tashkil etadi. Pandemiya munosabati bilan ko‘plab oromgohlarimiz smenalarni to‘liq oxirigacha yetkaza olmadi. Shu o‘rinda NKMK tasarrufidagi oromgohlar 4 smenada faoliyat yuritib, viloyatimizdagi 7 ming 631 nafar bolalarning dam olishida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishdi. Shuningdek, Navoiy kon metallurgiya kombinati tasarrufidagi “Zarafshon”, “Bolajon”, “Sarmish” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida “Ayollar daftari”, “Temir daftar” hamda “Yoshlar daftari”ga kitilgan oilalarning 1 ming 024 nafar bolalar korxona mablag‘lari hisobidan bepul sog‘lomlashtirildi. Mavsumga viloyat bo‘yicha 465 nafar pedagog xodimlar, 86 nafar tibbiyot xodimlari, 54 nafar IIB xodimlari, 42 nafar sport va suzish bo‘yicha yo‘riqchilar, 14 nafar kutubxonachilar, 17 nafar musiqa rahbarlari va 442 nafar texnik xodimlar jalb etildi.
Bugun ana shu ishchi-xodimlar ichidan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan fidoiylari taqdirlanmoqda.