MUNOSABAT

MUNOSABAT


Surxondaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasining Viloyat XTB boshlig‘i, Prokuratura mas’ul xodimi va boshqa tegishli tashkilot vakillari ishtirokida Sariosiyo tumanidagi 28-sonli umumta’lim maktabi direktori Umida Tursunova direktorlikka tayinlash uchun maktabga kelganida maktab jamoasi, ota-onalar va faollarning qattiq qarshiligiga uchragani haqidagi murojaat yuzasidan


RASMIY MUNOSABAT


Sariosiyo tumandagi 28-umumta’lim maktabining bir guruh ota-onalari va o‘qituvchilar tuman hokimligi va xalq ta’limi bo‘limiga borib, maktabning sobiq direktori U.Tursunovani qaytib direktorlik lavozimida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rashgan.


2022-yil 13-fevral kuni tuman hokimi A.Xujaqulov 28-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilari va ota-onalari bilan suhbatlashdi. Suhbat jarayonida maktab o‘qituvchilari va ota-onalar U. Tursunovani viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 10-fevraldagi 110-K-sonli buyrug‘i bilan ishga tiklanishidan norozi ekanliklarini hamda direktorlik faoliyatini olib borishiga yo‘l qo‘yishmasligini bildirishgan.



2022-yil 19-fevral kuni tuman hokimi A.Xo`jaqulov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Xamidova, O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Oripov, Xalq qabulxonasi mudiri O.Jo‘rabekova, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri A.Boboyev, tumandagi jamoatchilik tashkilot rahbarlari, 28-umumta’lim maktabining ota-onalar qo‘mitasi raisi va a’zolari, xalq deputatlari tuman Kengashi ijtimoiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya vakillari ishtirokida Do‘stlik mahallasida o‘tkazilgan ota-onalar yig‘ilishida maktabdagi nosog‘lom muhit haqida o‘qituvchilar va ota-onalar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab norozilik murojaatlari chiqqanligi holati yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ota-onalardan Isroil Tursunov, O‘. Qurbonov, F. Eshonqulov, T. Qoraboyev, J.Zulfaliyev, N. Melikov, Sh. Nazarovlar so‘zga chiqib, maktabdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitning nosog‘lomligi farzandlari ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi bois, oldingi va ayni paytda ishlab turgan direktorlar emas, balki adolatli, tashabbuskor, xolis rahbar tayinlanishini talab qilishdi.


Maktab o‘qituvchilaridan H. Jo‘rayeva, T. Abdumo‘minova, O. Rajabov, N.Saidmirzayevalar maktabda o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish o‘rniga, guruhbozlik avj olib ketganligi, sobiq direktor U. Tursunovaning noo‘rin hatti-harakatlari oqibatida maktabdagi ijtimoiy muhitning izdan chiqqanligi, maktabga xolisona tarzda direktor tayinlanishi kerakligi borasida o‘z fikrlarini bildirishdi.


Ushbu masala yuzasidan Xalq qabulxonasi mudiri O.Jo‘rabekova, xalq deputatlari viloyat Kengashi a’zosi Sh.Oripov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Xamidovalar so‘zga chiqib, maktabdagi mavjud vaziyat va vaqtincha direktor tayinlanishi haqida fikrlarini bildirishdi.

Maktab direktori lavozimiga sobiq direktor U. Tursunova hamda amaldagi direktor B. Jabborovlarning o‘rtasida ichki nizolar mavjudligi sababli har ikkala nomzod ham mazkur lavozimdan boshqa umumta’lim maktablariga o‘tkazish hamda maktab direktori lavozimiga shaxsiy namuna ko‘rsata oladigan, tajribali o‘qituvchi Imomqul Saidov tayinlanishi borasidagi taklif bir ovozdan ma’qullandi va maktabga rahbar etib tayinlashni so‘rashdi.


Natijada 28-sonli umumta’lim maktabiga I. Saidovni rahbar etib tayinlash bo‘yicha qaror qabul qilindi. Ushbu qaror barcha ota-onalar va maktab o‘qituvchi va xodimlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Surxondaryo viloyati Xalq ta`limi boshqarmasi Axborot xizmati




Report Page