Video operator
• 28 августа в 15:04Xodim: Video operator
💵 Maosh: Suhbat asosida
⬆️ Tajriba: Middle
📍 Toshkent shahar Beruniy metro
⏱ Ish vaqti: 8:30-17:30
Firma: AKFA Medline Universitet klinikasi
Talablar:
1. Klinikadagi shifokorlar va brend loyihalari uchun Reels, Stories, YouTube formatida professional syomka qilish.
2. Podkast, intervyu va katta syomka jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish.
3. Montajchilar uchun sifatli raw material (xom videolar) yetkazib berish.
4. Syomka oldidan lokatsiyani tayyorlash va texnikani sozlash.
5. PM (Project Manager) bilan hamkorlikda syomka jadvaliga amal qilish.
6. SMM manager va dizayner bilan hamkorlikda kadrlarni brendbook asosida olish.
7. Ovoz va yorug‘lik sifatini nazorat qilish.
8. Arxivlash va fayllarni tartibli saqlash.
9. Zarurat bo‘lsa, tezkor mobil syomkalarda yordam berish.
Vazifalar:
• Video syomka bo‘yicha kamida 1 yil tajriba.
• Kamera, stabilizator, yorug‘lik va mikrofon bilan ishlash ko‘nikmasi.
• Syomka jarayonida kreativ yechim topa olish va tezkor moslashish.
• Kompozitsiya va kadr qurish asoslarini bilish.
• Deadline va topshiriqlarga qat’iy amal qilish.
• Jamoada ishlash va kommunikatsiya ko‘nikmalari.
Taklif:
1. Barqaror va doimiy loyiha oqimi – oyiga 100+ kontent, katta portfolyo yig‘ish imkoniyati.
2. Bonus va qo‘shimcha mukofotlar – KPI bajarilganda yoki ortiqcha natija ko‘rsatilganda.
3. O‘sish imkoniyati – Senior Operator yoki Creative Director darajasigacha.
4. Bepul trening va kurslar – syomka, montaj va texnika bo‘yicha kurslar kompaniya hisobidan.
5. Mentorlik va ichki master-klasslar – tajribali mutaxassislar tomonidan haftalik treninglar.
6. Ofis sharoitlari – zamonaviy texnika (kamera, studiya, kompyuter).
7. Bepul tushlik va ichimliklar – qulay ofis muhitida.
8. Team building va sayohatlar – yil davomida 1–2 marta jamoaviy safarlar.
9. Korporativ tadbirlar – tug‘ilgan kun va bayramlarda bonuslar va sovg‘alar.
10. Katta brend bilan ishlash tajribasi – Akfa Medline kabi yirik tibbiyot markazida ishlash va portfolioga qiymat qo‘shish.
Kanalda vakansiya joylash uchun: @Data_bandlik