Vaziyatli masalaga izoh :

Vaziyatli masalaga izoh :


#1.

4 haftalik o’g’il bolada “patent ductus arteriosus”ni yopish maqsadida kardiak kateterizatsiya amaliyoti bajarildi. Yo’ldosh ko’chishi sababli bemor 26 haftalikda tug’ilgan. Shundan buyon neonatal intensiv terapiya bo’limida da’volanib kelyapti. O’ng qo’l va chap oyoqda puls oksimetriya 99% ni ko’rsatdi. Exokardiografiyada o’rta darajadagi patent ductus arteriosus aniqlandi. Kateterizatsiyadan so’ng, ammo ductus arteriosusni yopishdan oldin bir qancha joylardan qondagi gazlar parsial bosimlari tekshirildi. Ushbu bemorda quyida berilgan lokatsiyalardan qaysi birida kislorod parsial bosimi sog’lom chaqaloqnikiga qaraganda yuqori ?

A) Ko’tariluvchi aorta

B) Tushuvchi aorta

C) Chap bo’lmacha

D) O’pka arteriyasi

E) O’ng bo’lmacha

Patent ductus arteriosus (1-rasm)


 

Patent ductus arteriosus (2-rasm)

Patent ductus arteriosus bu chapdan-o'ngga yo’naltiruvchi shunt bo'lib, kislorodga to'yingan qonni aortadan o'pka arteriyasiga uzatilishida xizmat qiladi. O’pka arteriyasida kislorodga to’yingan qon o’ng qorinchadan kelayotgan CO2 ga boy qon bilan aralashadi. Bu esa o’pka arteriyasida kislorod parsial bosimi (PaO2) oshishiga olib keladi.

(A va B javoblar) Chapdan-o’ngga yo’naltiruvchi shunt (masalan, bo’lmachalar yoki qorinchalararo to’siq nuqsoni) mavjud bo’lgan bemorlarda kislorod parsial bosimi (PaO2) aortada sog’lom odamlarnikidek bir xil bo’ladi. Agarda bu shunt aksincha o’ngdan-chapga harakat yo’nalishiga o’zgarsa (masalan, Eisenmenger sindromida) aortada kislorod konsentratsiyasi kutilganidan past bo’lishi mumkin. Shunday bo’lsada, Eisenmenger sindromi bo’lgan bemorlarda sianoz kuzatiladi, bu bemorda esa kuzatilmagan.

(C javob) Alveolar kapilyarlar orqali kislorodga to’yingan qon o’pka venalaridan chap bo’lmachaga quyiladi. Chapdan o’ngga yo’naltiruvchi shunt chap bo’lmachaga keladigan qon hajmini oshirsada, chap bo’lmachadagi PaO2 o’zgarmaydi.

(E javob) Katta qon aylanish sistemasidan kelayotgan CO2 ga boy qon yuqorigi va pastki kovak venalari orqali o’ng bo’lmachaga quyiladi. Ductus arteriosus esa kichik qon aylanish sistemasida o’ng bo’lmachadan keyinroqda joylashganligi sababli bemorning o’ng bo’lmachasidagi kislorod parsial bosimi (PaO2) o’zgarmaydi.

Vaziyatli masaladan olinadigan xulosa :

Patent ductus arteriosus bilan og’rigan bemorlarda kislorodga to’yingan qon aortadan o’pka arteriyasiga chapdan-o’ngga yo’nalishida quyiladi, bu esa o’pka arteriyasida kislorod parsial bosimi (PaO2) ni kutilganidan yuqori bo’lishiga sabab bo’ladi. O’ng va chap yurak kameralarida esa kislorod saturatsiaysi o’zgarmaydi.

 

Report Page