Vazirlik huzuridagi Markaz mas’ullari tomonidan 50 nafarga yaqin talaba ijara uylariga joylashtirildi

Vazirlik huzuridagi Markaz mas’ullari tomonidan 50 nafarga yaqin talaba ijara uylariga joylashtirildi

@manaviyateduuz

Ijaraga uy qidirib yurgan talabalarning muammolarini oʻrganish va yaqindan yordam berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan, “uy bozor”da boʻldilar.

Bunda talabalarning turar joy boʻyicha muammolari oʻrganildi. Natijada Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti va yana bir qancha oliy ta’lim muassasalari talabalarining 50 ga yaqini qulay ijara uylariga joylashtirildi.

📌 Shu oʻrinda, ijaraga turar joy izlab yurgan barcha talabalar oʻz tyutorlariga murojaat qilishlarini va ular bu masala boʻyicha amaliy yordam berishlarini eslatib oʻtamiz. Oʻz ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashish holatlari kuzatilganda @manaviyatedubot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Alohida qayd etamizki, ushbu tadbirlar talabalar toʻliq turar joy bilan ta’minlangunga qadar doimiy vazirlik nazoratida bo‘ladi.

Report Page