Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qarori tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qarori tasdiqlandi

EconomyMoliyaPress

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasini xalqaro savdoga chiqarishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tartibga soluvchi Nizom tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi xalqaro va respublika darajasida issiqxona gazi savdosini tartibga solish va amalga oshirishni muvofiqlashtirish va boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan ijro etuvchi Milliy organ sifatida hamda uning huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” ishchi organ sifatida ishtirok etishi belgilandi.

Loyihalarni shaffoflik, ochiqlik va bozor tamoyillari asosida tanlab olish va amalga oshirishni ta’minlash maqsadida issiqxona gazlari emissiyasini xalqaro savdoga chiqarishga qaratilgan investitsion loyihalar davlat-xususiy sheriklik tamoyillari hamda ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.

Loyihalar natijasida hosil bo‘lgan uglerod birliklari boshqa mamlakatlarning Milliy miqyosda belgilanadigan hissalar (NDC)ni qoplash maqsadida Xalqaro o‘tkaziladigan yumshatish natijalari (ITMO) sifatida foydalanilmaydi.

Shuningdek, uglerod birliklari ixtiyoriy bozori loyihalari, qisqartirilgan issiqxona gazlari emissiyasi hajmi va ishlab chiqiladigan verifikatsiyalangan uglerod birliklari hisobini yuritish maqsadida Milliy uglerod birliklari reyestri hamda loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish, tasdiqlash va monitoring qilishning to‘liq raqamlashtirilgan tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page