#Vazir_kubogi
🇺🇿 “Vazir kubogi” doirasida “Milliy qadriyatlar” sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi
Termiz davlat pedagogika institutida respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 7–11-sinf o‘quvchi qizlar ishtirokida sportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi doirasida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir — “Milliy qadriyatlar” sayli tashkil etildi.
Tadbir avvalida institut rektori Xasanov Azizbek so‘zga chiqib, ishtirokchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida hafta davomida turli madaniy va ko‘ngilochar dasturlar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, barcha jamoalarga omad tiladi hamda tadbirni rasman ochib berdi.
🎶 Tadbir davomida:
• milliy va zamonaviy qo‘shiqlar ijrosi,
• iste’dodli o‘quvchi qizlarning jonli chiqishlari,
• sahnaviy musiqiy kompozitsiyalar,
• jamoaviy kuy-qo‘shiqlar ijrosi tashkil etildi.
🎤 Musiqiy chiqishlar orqali ishtirokchilar o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etib, sahnada erkin ijodiy muhit yaratdilar. Har bir chiqish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, tadbirga yanada bayramona ruh bag‘ishladi.
🎉 Tadbir yakunida o‘quvchi qizlar bir-birlarini raqsga chorlab, samimiy va ko‘tarinki kayfiyatda hordiq chiqardilar. Musiqa va quvnoq muhit barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi.
✨ Ushbu tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda madaniy hordiq olishlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati