#Vazir_kubogi
🇺🇿 “Vazir kubogi” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi
Termiz davlat pedagogika institutida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 7–11-sinf o‘quvchi qizlar o‘rtasida sportning futbol yo‘nalishi bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqichi doirasida mazmunli ma’naviy-ma’rifiy tadbir — “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbir avvalida institut rektori, pedagogika fanlari doktori Azizbek Baxtiyorovich Xasanov so‘zga chiqib, ishtirokchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida hafta davomida turli intellektual o‘yinlar, madaniy tadbirlar, sayohatlar va konsert dasturlari yo‘lga qo‘yilganini ta’kidlab, barcha jamoalarga omad tiladi hamda “Zakovat” o‘yiniga start berdi.
⚡️ Bellashuv davomida viloyatlardan tashrif buyurgan jamoalar nafaqat bilimlari, balki chaqqonligi, topqirligi hamda o‘z hududlariga xos ijodiy chiqishlari bilan o‘yinga yanada fayz bag‘ishladilar.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Surxondaryo viloyati
🥈 2-o‘rin — Farg‘ona viloyati
🥉 3-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi
G‘olib jamoalar institut rektori tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali taqdirlandi.
🎉 Tadbir yakunida o‘quvchi qizlar bir-birlarini raqsga chorlab, samimiy va ko‘tarinki ruhda hordiq chiqardilar.
🎤 Tadbirni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi suxandoni, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Akramjon Quchqarov olib bordi.
✍️ TerDPI matbuot xizmati