Vatanparvar inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi

Vatanparvar inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi


 Bugun kadastr tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan navbatdagi umumiy profilaktika tadbiri Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Mingbuloq tumani bo‘lim va filiali xodimlari bilan o‘tkazildi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim va filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.

   Tadbir avvalida so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov jadidchilik harakati uning tarixi va g‘oyasi haqida maʼruza qilib, nima uchun bugungi kunda bundan qariyb bir asr avval yashab o‘tgan jadidchilik harakati namoyandalarining o‘gitlariga ehtiyoj tug‘ilganligi haqida maʼlumot berdi. Hayotiy tajribadan maʼlumki bilimli, ilmli vatanparvar inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligini alohida taʼkidladi.

     Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik, ijro intizomiga rioya qilish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan “sirli mijoz” tadbirlari haqida va uning oqibatlari ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida shakillantirish va ishda o‘rnak bo‘lishi hamda o‘z ustida ishlashi, ko‘proq kitob o‘qish zarurligini uqtirib o‘tdi.

       Notiqlar ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga eʼtibor berishlari zarurligini alohida taʼkidladilar.

Mazkur profilaktik tadbir samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdir.

 

Matbuot xizmati.

Report Page