Vatanga sadoqatli yoshlar

Vatanga sadoqatli yoshlar


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazida o‘zgacha ruh, faxr va g‘urur hukm surdi. Bu yerda yosh vatanparvarlar, kelajak ofitserlari va texnika mutaxassislari uchun muhim hayotiy bosqich — bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu zamonaviy armiyamizning yangi avlodi, intellektual salohiyatga ega, texnik tafakkuri yuksak, Vatanga sadoqatli yoshlarning safga qo‘shilish tantanasidir.


Markazda yoshlar haydovchilik, dron texnologiyalari, harbiy transport vositalarini ekspluatatsiya qilish, taktik medik, robota texnik, texnik operator va boshqa muhim yo‘nalishlarda chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni egalladilar. Ularning har biri nafaqat texnikani boshqarish, balki uni anglash, modernizatsiya qilish va samarali qo‘llashni ham o‘rganmoqda.


Zamon o‘tmoqda, tahdidlar shakli o‘zgarmoqda. Endi harbiy xizmat – bu faqat jismoniy kuch emas, balki aqliy salohiyat, texnologiyani idrok etish qobiliyati va tezkor qaror qabul qilish mahoratidir. Shu bois bu markazda ta’lim olayotgan yoshlar — milliy mudofaamizning intellektual tayanchidir.


Bitiruv tadbirida Mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari, faxriylar, ota-onalar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, armiyamizning texnik va intellektual jihatdan yangilanib borayotgani alohida ta’kidlandi.


Bitiruvchilar safida bo‘lgan har bir yigit — Vatan himoyasi sharafini yuragiga muhrlagan, fidoyilikni hayot mezoniga aylantirgan yoshlardir. Ular orasida haydovchilik yo‘nalishida mukammal natijalarga erishganlar, dronlarni masofadan boshqarish bo‘yicha ilg‘or ko‘rsatkichlarga ega yosh mutaxassislar ham bor.


Bugungi yoshlar — raqamli avlod, ular haydovchilik, dron texnologiyalari, harbiy transport vositalarini ekspluatatsiya qilish, taktik medik, robota texnik, texnik operator, dron, avtomatlashtirilgan tizimlar oddiy so‘zlar emas. Shu bois ularning bu yo‘nalishlarda o‘qitilishi — armiyamizni zamonaviylashtirish sari dadil qadamdir. Dronlarni boshqarish san’ati — bu havoda ustunlik, aniqlik, mas’uliyat va eng muhimi — mamlakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida bilim bilan qurollanish demakdir.


Bugungi bitiruvchilar — yangi avlod himoyachilari, ular texnologiya tilini biladi, zamon ruhi bilan nafas oladi va eng muhimi — Vatan sha’nini har narsadan ustun qo‘yadi.


Shimoli-g'arbiy harbiy okrig matbuot xizmati

Report Page