“Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusi ostida Shon-sharaf davlat muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

“Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusi ostida Shon-sharaf davlat muzeyida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


TFI Farmatsiya fakulteti talabalari o‘rtasida “Vatan ostonadan boshlanadi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir Gʻalaba bogʻi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalari talabalarga tanishtirildi.

Suhbat jarayonida yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, institutda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarni namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Talabalarga tyutor Y.Yusupova hamrohlik qildi.











Report Page