"Vatan himoyachilari" kuni

"Vatan himoyachilari" kuni

ТКТИ Шаҳрисабз филиали матбуот хизмати January 14, 2021

Inson xotirasi muqaddas, qadr-qimmati aziz va moʼtabardir. Bugun yurtimizda “14-Yanvar Vatan Himoyachilari kuni” keng nishonlanadi. Bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning mukaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, keksalarni eʼzozlash xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. 

Urush yillari frontda mashaqqatli mehnat qilib, bugungi dorilomon kunlarga yetib kelgan 200 dan ziyod insonlar bor. Ularning sogʼligʼi va bugungi hayoti hukumatimiz eʼtiborida. 

Shahrisabz tumani Shanbe qishlogʼida istiqomat qiluvchi ana shunday aziz insonlardan biri 97 yoshli Qayumov Voxid buvadir. 

TKTI Shahrisabz filiali direktori prof. Sh.А. Mutalov, oʼquv va tarbiyaviy ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari B.Sirojov, Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat boʼlim boshligʼi D.Temirovlar otaxonning huzurida boʼlishib, u kishini bayram bilan tabriklab kelishdi. Voxid buva muhtaram prezidentimizga, qolaversa tashrif buyurganlarga oʼz minnatdorchiligini bildirdi, el-yurt haqqiga duo qildi.

Report Page