Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari

Vanillekipferl- nemischa vanilla pechenyelari

Telegram kanalimizga ulaning



Kerakli mahsulotlar:

  • 400 gr un
  • 200 gr sariyog‘ yoki margarin
  • 150 gr shakar kukuni (100 gr xamiri uchun) 50 gr ustiga sepish uchun
  • 1 chimdim tuz
  • 1-2 pachka vanillin
  • 120 gr atrofida maydalangan bodom yoki boshqa yong‘oq maydasi

Eng avval yong’oqni iloji boricha maydalab oling (undek yoki shakar donasidek). Bu ish uchun ‘chopper’ yoki blenderdan foydalanish mumkin. Endi maydalagan yong‘oqni, un, tuz, vanillin va shakar kukuni bilan aralashtiring.

Ularning ustiga sariyog‘ni soling. Hammasini aralashtiring. Men bu jarayonni mikser bilan amalga oshirdim.

Xamir biroz shaklga kela boshlagach, uni stolning ustiga ontaring, qo‘l bilan bir-biriga yopishtirib uzunchoq shaklga olib keling. Xamirga ortiqcha ishlov berib yubormang. Tayyor xamirni o‘rab xolodilnikka kamida bir soatga solib qo‘ying.

Vaqt o‘tgach xamirning ¼ ni kesib oling, qolgan qismini yana o‘rab xolodilnikka solib turing. Tashqarida qolgan xamirni, qo‘l yordamida uzunchoq shaklga olib keling.

Keyin uni teng qismlarga bo‘lib oling. Men 6 taga bo‘ldim. Necha qismga bo‘lish pechenyelarni qancha katta qilmoqchi ekanligingizga bog‘liq. Muhimi hamma pechenyelar bir xil kattalikda bo‘lishi kerak, shunda bir xil vaqt ishida pishadi.

Bitta xamirchani olib uni ham sal uzunchoq shaklga olib keling. Keyin unga yarim oy shaklini bering. Listga tering. Xamirning hammasini shu yo‘l bilan yarim oy shakliga olib keling.

Vanillekipferelni 180⁰Cda qizib turgan duxovkada 15 minut davomida pishiring.

Pishib chiqqan vanille ustiga issiqligida shakar kukuniga quruq vanillin aralashtirib seping. Vanillekipferil tayyor ular sovigach dasturxonga torting.

E‘tibor qiling:

Vanillekipferl uchun tuxum ishlatilmaydi.

Xamir doim sovuq holatda bo‘lishi kerak.

Vanillkipferl odatda mayda bo‘ladi.

U havo o‘tmaydigan idishda uch haftagacha saqlanadi.

Yoqimli ishtaha!!!

Blogda yana boshqa mazali pechenyelarning retseptini ham topasiz.

Telegram kanalimizga ulaning

Veb sahifa: www.juvajon.com


Report Page