Vakansiya: Marketolog (Testbor.uz / EdTech platformasi)
@unilance📍 Joylashuv: Toshkent, Turin universiteti ofisi
🕐 Ish grafigi: 6/1, 10:00 dan 19:00 gacha
💰 Maosh: 15 000 000 so‘mdan boshlab + KPI (chegarasiz bonuslar)
Kompaniya haqida:
Testbor.uz — sun’iy intellekt elementlariga ega bo‘lgan O‘zbekistonning milliy onlayn ta’lim platformasi.
Biz butun mamlakat bo‘ylab 350 000 dan ortiq o‘quvchilarga matematika, mantiq va ingliz tili fanlarini o‘rgatamiz.
Loyiha Teknofest Turkiye 2025 tanlovining Education Technologies yo‘nalishida TOP-10 taligiga kirgan.
Vazifalar:
- Onlayn platformaning marketing strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Digital kampaniyalarni ishga tushirish va optimallashtirish (Instagram, Telegram, Click, SMS);
- Sotuv voronkalari va kontent strategiyalarini yaratish;
- Ko‘rsatkichlarni (CPL, CAC, ROI) tahlil qilish va konversiyani oshirish.
Talablar:
- Marketing yo‘nalishida kamida 4 yillik tajriba, afzal — onlayn ta’lim / EdTech sohasida;
- Digital vositalar (Meta Ads, Telegram Ads, CRM, analytics) bo‘yicha tajriba;
- Kreaktiv fikrlash, tashabbuskorlik va analitik yondashuv.
Sharoitlar:
- 15 mln so‘mdan yuqori oylik + KPI bo‘yicha bonuslar;
- Toshkentdagi Turin universiteti ofisida ish;
- Milliy miqyosdagi loyiha doirasida o‘sish va g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyati.