VOBKENTDA TARG’IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

VOBKENTDA TARG’IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA


“Ogohlik – davr talabi”. Shunday ekan, har bir inson har qanday vaziyatda e’tiborli bo’lishi, mas’uliyatni his etishi lozim. Ayniqsa, gaz jihozlaridan, gaz ballonlaridan foydalanganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish iste’molchining fuqarolik vazifalaridan hisoblanadi.

Bugun joylarda is gazi bilan bog’liq muammolarning oldini olish maqsadida targ’ibot tadbirlari davom etmoqda. Vobkent tumanida soha vakillari tomonidan olib borilayotgan tushuntirishlarda shubhasiz, yo’riqnomalarda belgilab berilgan xavfsizlik qoidalari to’g’risida batafsil tushuncha berib o’tilmoqda. Quvonarlisi, iste'molchilarning gaz jihozlari qayta texnik nazoratdan ham o’tkazilmoqda.

Asosiy maqsad – aholining is gazidan zaharlanishning oldini olish barobarida ularning xavfsizligini ta’minlashdan iboratdir.

Joylarda bu kabi targ’ibot tadbirlari davom etmoqda.

 “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati




Report Page